Bloomberg devalvatsiya arafasida turgan valyutalar reytingini tuzdi

0
498

“Kun.uz” saytining “Bloomberg” agentligi ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, Rossiya rublining dollar va evroga nisbatan qadrsizlanishi Sobiq Ittifoq davlatlari valyutasining devalvatsiyasiga olib keladi. Bunga ushbu davlatlarning Rossiya bilan yaqin savdo-iqtisodiy aloqalari sabab bo’lmoqda.

Agentlik ekspertlarining fikricha, Qozog’iston tengesidan keyin arman drami ham qadrsizlanishi mumkin. 2014 yilda rubl 46 foizga qadrsizlangan bir paytda Armaniston milliy valyutasi 15 foizga arzonlashgan edi.

O’z navbatida, tengening qadrsizlanishi Tojikiston va Turkmaniston milliy valyutalarining qadrsizlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Xususan, tojik somonisi 10-20 foizga arzonlashishi mumkin. Agentlik, shuningdek, qirg’iz somining ham qadrsizlanishini bashorat qilmoqda.

Saudiya Arabistoni riali va Nigeriya nayrasi ham 20 foiz atrofida devalvatsiya bo’lishi mumkin. Agentlik bunga neft narxining pasayishi sabab bo’lishini aytib o’tgan.

Turkiston:

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan 1971 yil 15 avgust kuni qabul qilingan qarorga muvofiq qog’iz pulning oltinga admashtirilishi bekor qilindi. Shundan so’ng olamdagi barcha valyutalar rasmiy qiymati, almashinuv quvvati AQSh dollariga qarab belgilanadigan bo’ldi.

Hizb ut-Tahrir amiri, olim Ato ibn Xalil Abu Rushta tomonidan yozilgan “Iqtisodiy krizis, uning voqei va uni Islom nuqtai nazaridan xal qilish” kitobning “Majburiy qog’oz pullar nizomidagi krizislar” bobida shunday deyilgan:

Bu nizom sharoitida krizislar tobora tezlashaveradi. Chunki davlatlarning o’zaro siyosiy va iqtisodiy raqobatlashuvi, xususiy bozorlardagi chayqovchiliklar, davlatlarning boshqa davlatlarga tovar eksport qilishi yoki ulardan tovar import qilishi, qarz olishga bo’lgan ehtiyoji va boshqalar valyutalarning ko’tarilib, pasayishdagi qiymatiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Buning oqibatida narxlar va iqtisodiy muomala barqarorligiga erishish – agar bunday barqarorlik butunlay yo’q bo’lib ketmasa – juda qiyin bo’lib qoladi. Bunday holni hozir mahaliiy va iqtisodiy muomalada kuzatish mumkin.

Bu nizom sharoitida davlatlarning g’am-tashvishi o’z zaxiralari borasida butun e’tiborini siyosiy va iqtisodiy jihatdan ta’sir o’tkaza oluvchi davlatlar valyutasiga qaratish bo’lib qoladi. Bu valyutaga muhtoj bo’lganlari uchun uning barqarorligiga ahamiyat berishga majbur bo’lishadi. Zero o’sha davlatlarda yuz beradigan har qanday siyosiy yoki iqtisodiy o’zgarish krizis shaklida boshqa davlatlar pulida, binobarin ularning iqtisodida aks etadi. Masalan, puli dollarga bog’lanib qolgan davlatlarning g’am-tashvishi o’z zaxiralarini saqlab qolish uchun dollar barqarorligini saqlab qolishdan iborat bo’lib qoladi.

Odamlarning mahalliy valyutaga bo’lgan talabi kuchaysa, bu narsa shu davlat valyutasining kursi dollarga nisbatan ko’tarilishiga olib keladi. Shunda bu davlat o’z valyutasidan katta miqdorni bozorga tashlaydi va uning o’rniga bozordan dollarlarni yig’ishtirib oladi, ya’ni valyutasini dollarga sotadi. Endi buning aksi yuz berib, odamlar mahaliy valyutadan voz kechsa, ya’ni taklif ortib ketsa – bunday hol chayqovchiliklarda yuz berib turadi – bunda davlat o’sha ortiqcha mahalliy valyutani yig’ishtirib olishga kirishadi. Shu maqsadda o’z valyutasini dollarga sotib oladi, ya’ni davlat o’z xazinasidan dollarlarni bozorga tashlaydi va uning o’rniga o’z valyutasini xazinasiga qaytaradi. Shuning uchun valyutasi dollarga bog’liq bo’lgan har qanday davlat o’z valyutasini ham, dollarni ham himoya qilishga majbur. Bu yukning eng katta va eng og’irini tayanilayotgan o’sha ajnabiy valyuta sohibi bo’lgan davlat emas, balki shu valyutaga bog’lanib qolgan davlatning bir o’zi ko’tarishga majbur bo’ladi.

Izohlar yo'q