Xitoyni Rossiyaga qarshi AQSh bilan til biriktirishda ayblashmoqda

415
0

Rossiya tomonidan Qrimni anneksiya qilib olinishi ortidan AQSh va Yevropa davlatlari Rssiyaga qarshi turli xil iqtisodiy jazo choralarini qo’llashgan va bu jazo choralarini borgan sari kuchaytirib kelishmoqda. Rossiyaga qarshi AQSh boshchiligida olib borilayotgan bu kampaniyaga garchi Xitoy hukumati rasman qo’shilmagan bo’lsada, zimdan Rossiya bilan aloqalarida uzoqlashib bormoqda.

Avvalroq, VTB guruhi raisining birinchi o’rinbosari Yuriy Solovyov “Finance Asia” uchun yozgan kolonkasida rasmiy Pekin Rossiyaga qarshi birorta moliyaviy sanktsiyalar kiritmagan bo’lsada, Xitoy banklari AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan kiritilgan cheklovlarga qo’shilishgani, Xitoyning ko’plab kredit tashkilotlari Rossiya banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan bosh tortayotganlari va o’zaro savdoni moliyalashtirishdagi ishtiroklarini sezilarli kamaytirishgani haqida xabar qilgan edi.

“Mavjud hamkorlik qiyinchiliklarsiz o’tmayapti. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini to’xtatib turgan asosiy muammo AQSh va YeI sanktsiyalar kiritganidan keyin Rossiya banklariga nisbatan Xitoyning qarama-qarshi pozitsiyasida turishidir. Bugungi kunda ko’plab Xitoy banklari Rossiya banklari ishtirokidagi banklararo operatsiyalarda ishtirok etishmayapti. Bundan tashqari, Xitoy banklari tashqi savdo bo’yicha bitimlardagi ishtiroklarini sezilarli kamaytirishdi, ayniqsa, savdoni moliyalashtirish bo’yicha”, – deb yozgan edi Solovyov.

Siyosiy fikr va mafkura ilmiy markazi o’tkazgan davra suhbatida Markaz direktori, fizika-matematika va siyosiy fanlari doktori Stepan Sulakshin ham Xitoy Rossiyaga qarshi qabul qilingan jazo choralariga norasmiy qo’shilganini ma’lum qildi.

“Qachon biz gazni arzimagan haq evaziga Xitoyga sotish uchun yugurib borganimizda, ular tom manoda bir vaqtning o’zida kredit tashkilotlarimiz va investitsiya tizimi bo’yicha aloqalar tartibini o’zgartirishdi. Bular ham ayni sanktsiyalar, lekin Sharq tomonidan. Bu nima, signalmi? Agar Rossiya Xitoyga to’rt oyoqlab emaklab bormasa, mana u bilan nima bo’ladi”, – dedi siyosatshunos.

Shu bilan birga Sulakshin o’zining nazarida namoyishkorona xarakterga ega bo’lgan AQSh va Xitoyning hamkorlikdagi harbiy mashg’ulotlarini esga olib, “Rossiya shu o’rinda nima qilishi kerak”, – deya savol berdi. Ammo siyosatshunos bu savolga birgina javob topdi, “O’zining tarixiy salohiyatini safarbar qilish”.

Davra suhbati ishtirokchilari safarbarlik sifatida ruslar va musulmonlarning o’zini saqlab qolishda ko’p asrlardan beri shakllangan tajribani esga olishdi va bu tajribaga suyangan holda “IShID”ga qo’shilishni taklif qilishdi. Ularning fikricha, islomiy radikal kuchlarning bir qismiga aylanish orqali Rossiya o’z hududini bo’lib tashlash uchun AQSh tomonidan uyushtirilishi mumkin bo’lgan ehtimoliy hujumdan va bir parcha erini bo’lib olishni rejalashtirayotgan Xitoy tahdididan saqlab qolishi mumkin bo’ladi.

“Bugun xitoylik siyosatchilar bostirib kirish texnologiyasini etarli darajada oshkora o’zdashtirmoqdalar. O’imoliy hududlarni o’zlashtirish trategiyasi mavjud. Shimoliy hudud masalasida Yaponiya bilan Rossiyada muammolar mavjud bo’lgani kabi, Xitoy bilan ham muammolar bor”, – dedi Sulakshin.

Davra suhbati ishtirokchilarining qayd etishlaricha, “uchunchi kuchlar ishtirokisiz Rossiya imkoniyatlari yuqori emas, mamlakatning hozirgi hukumati rahbarligida global yalpi ichki maxsulotdagi ulushimiz 2 foizni tashkil qilsa, yuqori texnologik ulushi 0,2 foizni tashkil etadi, ya’ni biz dunyo iqtisodida hech qanday rol o’ynayotganimiz yo’q, velosiped harakatdan to’xtashi bilan yiqiladi va emirilab ketadi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.