Savolga javob Suriya chegaralariga Turkiya kuchlarining to’planishi

0
506

Savolga javob

Suriya chegaralariga Turkiya kuchlarining to’planishi

Savol:

«Xabar 7» saytiga ko’ra, 2015 yil 9 iyul payshanba kuni Turkiya prezidenti prezidentlik saroyida xorijiy davlatlarning Anqaradagi elchilariga iftorlik berdi. Iftorlikda u Suriya ichkarisidagi har qanday demografik o’zgarishni keskin rad etishini bildirdi. Bu bilan u o’zining 26 iyunda Onado’li» axborot agentligi keltirgan sobiq bayonotini ta’kidladi. U bu bayonotida «Biz janubiy chegaralarimizda Suriya shimolida yangi bir davlat barpo etilishiga hech qachon yo’l qo’ymaymiz, bu qanchalik qimmatga tushsa ham, bu yo’lda kurashimizni davom ettiramiz», degan edi. Keyin «Suriya va Iroqda yuz berayotgan voqealar mintaqada yangi Sayks-Piko tizimini yaratishga urinish bo’lib, bu bilan ichki afkori ommani Turkiyaga qarshi qayrash ko’zlangan», dedi. Buning ortidan axborot vositalarida Turkiyaning mudofaa kuchlarini oshirishi to’g’risida xabarlar tarqatildi… va hokazo. Savol shuki, yuz berayotgan bu ishlar nimani anglatadi? Turkiya Suriya shimoliga amaliy harbiy aralashuvga qo’l urishi mumkinmi? Yoki bundan boshqa maqsad bormi? Harbiy aralashuvga nisbatan Amerika pozitsiyasi qanday?

Javob:

Javob ravshanroq bo’lishi uchun quyidagilarni aytib o’taylik:

1 – Haqiqatdan ham Turkiya prezidenti «Biz janubiy chegaralarimizda Suriya shimolida yangi bir davlat barpo etilishiga hech qachon yo’l qo’ymaymiz, bu qanchalik qimmatga tushsa ham, bu yo’lda kurashimizni davom ettiramiz», «Suriya va Iroqda yuz berayotgan voqealar mintaqada yangi Sayks-Piko tizimini yaratishga urinish bo’lib, bu bilan ichki afkori ommani Turkiyaga qarshi qayrash ko’zlangan» («Onado’li» axborot agentligi 2015 yil 26 iyun) kabi bayonotlar berdi. Keyin 2 iyulda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo’g’li «Xabar 7»ga «Biz chegaralarimizni himoya qilish uchun kerakli choralarni ko’rdik, qachon yurt xavfsizligiga tahdid soluvchi biror vaziyat yuzaga kelgudek bo’lsa, harakatga kelishga buyruq berilgan, hech bir kimsa – Turkiya ertami kech harbiy aralashuvga qo’l uradi, degan taxminga bormasin», dedi. Ertasi kuni Konya TVga bergan intervyusida bunday dedi: «Turkiya Suriya ishlariga darhol amaliy tarzda aralashadi, deya taxmin qilish noto’g’ri, biroq Turkiya Suriya tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday tahdidga tayyor holda turibdi va barcha voqealar rivojini yaqindan kuzatib bormoqda». Yana bunday dedi: «Hech kim bizni avantyuraga aldanadi, deb o’ylamasin».

2 – Shu tarzda goho aralashish to’g’risida, goho aralashmaslik to’g’risida bayonotlar yangramoqda. Buning ortidan bir bayonotni rad etgan qarama-qarshi bayonotlar yangradi. Misol uchun turk tilida chiqadigan Hurriyat ro’znomasining 2015 yil 5 iyuldagi sonida «Bosh shtabning Bulu va Qayseri viloyatlaridagi dala qo’mondonlari bilan chegara qismlar qo’mondonlari chaqirtirilib, ular bilan Turkiya-Suriya chegarasidagi hodisalar o’zgarishi ortidan o’tkazilishi mumkin bo’lgan ehtimolli harbiy amaliyot haqida maslahatlashilgan»i xabar qilindi. Lekin «Onado’li» axborot agentligida 2015 yil 6 iyul kuni harbiy manbalarning buni rad etuvchi bayonoti tarqatildi. Unga ko’ra, harbiy bosh shtab «chegaradagi hodisalar o’zgarishi ortidan chegara qo’shinlari bilan maxsus kuchlar qo’shinlari qo’mondonlarining bosh shtabga chaqirilgani to’g’risidagi da’volar haqiqatdan uzoq, unda aytilgan bu turdagi uchrashuv bo’lgani yo’q, shuningdek, shu xususdagi rejalar ham mavjud emas», deya bu xabarni rad etgan.

3 – Mana shunday qarama-qarshi ammo obdan hisob-kitob bilan olib borilayotgan bayonotlar manzarasida harbiy bayonotlar ham yangradi. Masalan, axborot vositalarida Suriya chegaralariga qo’shinlar joylashtirilayotgani, Turkiya bu turdagi aralashuvga qo’shimcha yordam sifatida harbiy havo kuchlari va 400dan ziyod bronetransporter jalb qilgani, Turkiya Halab shahri shimolidagi janglar jadallashishi ortidan chegaralarga 54 mingdan ziyod askar, tanklar va zenit raketalari joylashtirish orqali o’z mudofaa kuchlarini mustahkamlagani xabar qilindi. Xabarlar shu bilan tugamadi. Hatto Turkiyaning harbiy aralashuvi Suriyaga faqat ko’z tikibgina qolmay, qadam ham tashlayotgandek bo’rttiruvchi xabar darajasiga ham etdi! Ayrim axborot vositalari xuddi Turkiyaning kelajak rejalari bilan bog’liq rasmiy doiralar tomonidan atayin tayyorlangan xabarlarni sizdirib chiqardi. Masalan, turk tilida chiqadigan Yeni Shafaq ro’znomasining 2015 yil 28 iyun kungi sonida bunday xabar chop etildi: «Turkiya bosh harbiy shtabi Suriya shimolida kurd davlati tiklanishiga yoki uning real masala sifatida tiqishtirilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida Suriyaga harbiy aralashuvga oid harbiy reja tuzdi. Bu reja Suriya ichkarisiga 28-33 km. kirgan, 110 km. uzunlikda bufer zona yaratishni o’z ichiga olgan. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat qo’llab-quvvatloviga erishilgandan so’ng Suriyaga ikki yil muddatga 18 ming askar yuborish rejasini ham o’z ichiga olgan. Agar xalqaro hamjamiyat rozi bo’lmasa, xuddi Isroil Livan janubida qilgani kabi Turkiya ham o’zi mustaqil Bufer zona yaratish sari qadam tashlaydi».

4 – Shu xabarlarni va boshqa voqealar oqimini yaxshilab mulohaza qilgan kishi shunga amin bo’ladiki, bulardan amaliy harbiy aralashuvdan ko’ra ko’proq Turkiya ichkarisi maqsad qilingan. Buning sabablari quyidagicha:

  1. a) Turkiya hukumati o’zining joriy harbiy tayyorgarliklariga Suriya shimolida kurdlarning rivojlanishini dastaklayotgan bo’lsa-da, biroq ularning rivojlanishidan o’z maqsadlarida foydalangan. Masalan, shu hukumatning o’zi Peshmergaga Turkiya erlari orqali Aynul Arab-Kobaniga kirib olishiga ruxsat berdi. Ma’lumki, Peshmerga u erga kirishdan kurdlar bilan birgalikda jang qilib, ularga yordam berishni hamda Tall Abyaz shahrini qo’lga kiritishni maqsad qilgandi. Xabar Turk ro’znomasining 2015 yil

4 iyul kungi sonida bir xabar chop etildi. Unda ro’znoma muxbirlaridan biri bunday deydi: «Biz kecha bir guruh jurnalistlar turk hukumatining oliy darajali mus’uli bilan uchrashdik va uchrashuvda hukumat Demokratik Birlik partiyasidan o’zi uchun maqsad sifatida mutlaqo foydalanmasligiga ishonch hosil qildik».

Mas’ulning ta’kidlashicha, Demokratik Birlik partiyasining Afrin va Kobanini bog’lab turuvchi mintaqani o’z nazorati ostiga olishi, ya’ni kurdlarning Turkiyaga o’tishlari uchun yo’lak yaratish ehtimoli bugungi bosqichda hisobga olinmaydigan masaladir». U yana bunday dedi: «Demokratik Birlik partiyasining Tall Abyazni o’z nazorati ostiga olishi Turkiya manfaatidir, lekin Demokratik Birlik partiyasining fathlar printsipi asosida hukmronlik qilayotgan mintaqalaridagi xatti-harakatlariga kelsak, bu narsa mintaqada o’rtacha va uzoq vaqtli nizolarni, muammolarni keltirib chiqarishi mumkin». Ya’ni turk hukumati bilan Suriya shimolidagi kurdlar o’rtasidagi munosabat harbiy amaliyotni yuzaga keltiradigan darajada sovuq emas.

  1. b) Amerika Suriyaga quruqlikdan olib boriladigan harbiy aralashuv to’g’risida hamon qaror qabul qilgani yo’q. U hali ham Suriyada eski malay o’rniga kimni yangi malay qilish to’g’risida izlanmoqda. Suriyadagi xolis harakatlar uning shu kungacha urinishlarini muvaffaqiyatsizlikka uchratdilar va biz Allohdan so’raymizki, bu xolis harakatlar uning urinishlarini muvaffaqiyatsizlikka uchratishdan to’xtamasinlar. To Amerika harbiy amaliyotga rozi bo’lmaguncha (yoki bunga buyurmaguncha) Erdogan va uning hukumatining bayonotlari amalsiz quruq qichqiriqlardan nariga o’tmasligini voqelik ko’rsatmoqda. Bunga ko’p narsa guvoh:

– Turk hukumati Suriya ichkarisida tinch yoki xavfsizlik zonalari yaratishni Amerikadan ko’p marta iltimos qildi, ammo u rozi bo’lmadi. Dovudo’g’li 2014 yil oktyabr oyida 4 metrlik quruqlik yo’li olish orqali Bufer zona yaratish ehtimoli borligi to’g’risida gapirdi. Bu chiziq Latakiyadan to Hasakagacha cho’zilib, uzunligi 720 km.ga, kengligi 70 km. Suriya ichkarisiga kirgan, ya’ni Suriya erlarining uchdan birini tashkil qiladi. Ammo Amerika buni rad etdi va u amalga oshmay qoldi… Yaqinda Turkiyaning yoqa shaklida xavfsizlik zonalari yaratish ustida izlanayotgani to’g’risida gap o’rmalab qoldi. Yoqaning birinchi uchi Jaroblusda boshlansa, ikkinchisi Aynul Arabda tugaydi. Mahalliy maqolalarda Kurdiston Demokratik Birlik partiyasi Turkiya chegara mintaqalarida hukmron bo’lishi ortidan turk prezidenti Erdoganning chegaralarda Bufer zona yaratishni o’rganayotgani xabar qilindi. Shunda Amerika o’zining «Oq uy» matbuot voizi Jon Kirbi tilidan bunga raddiya bildirdi: «Pentagon ham, Amerika armiyasi ham, NATO ham hozirda bufer zona yaratishga ehtiyoj sezmayapti va shu bois qiyinchiliklar bo’lmoqda, biroq biz Turkiyaning o’z chegaralaridan xavotirlanayotganini tushunamiz» (Reyter 2015 yil 30 iyun). Turk hukumati Amerikadan keskin rad javobiga uchragan ekan, bunday xijolatchilikdan o’zini olib qochishga urindi: 2015 yil 30 iyunda uning bosh vaziri yordamchisi Ibrohim Kalin bunday dedi: «Bu erda bizning chegaralarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun ko’rilayotgan chora tadbirlarni «Turkiya urushga kiryapti», deya izohlash haqiqatga to’g’ri kelmaydi». Yana bunday dedi: «Biz Bufer zona istaymiz, degan gapni hech qachon aytmaganmiz, balki biz uchish taqiqlangan xavfsiz zonani xohlashimizni aytganmiz, shu bois xavfsiz zona yaratmoq darkor» (Onado’li 2015 yil 30 iyun). Biroq Turkiya haligacha na xavfsizlik zonasini yaratdi, na Bufer zonani yaratdi, chunki bunga Amerika rozi bo’lmayapti!

– Shuningdek, Erdoganning «ikkinchi Hama» takrorlanishiga hargiz yo’l qo’ymasligi haqidagi bayonoti. Bu bayonotga ancha vaqt bo’ldi va unitalayozdi ham! Shunga qaramay, jinoyatchi Asad rejimi Amerika yoqib qo’ygan «ko’k chiroq» asosida, Rossiyaning qo’llab-quvvatlovi ostida, Eron va uning Livandagi Hizbullosining bevosita aralashuvi bilan shaharma-shahar qirg’in sodir etishda davom etib, ikkinchi Hama u yoqda tursin, hatto uchinchi va to’rtinchi Hamalar keltirib chiqarmoqda, hamma yoqni vayron qilmoqda… Shularning barchasiga qaramay, unga qarshi Erdogan va uning rejimi hech narsa qilgani yo’q. Chunki uning xohish-irodasi Amerika xohishiga bog’langan, Amerika uning bayonotlarini ro’yobga chiqarishiga hali-hamon ruxsat bermayapti. Bu bayonotlari Allohning tulporlari tuyoqlari shamolida qolgan chang misoli yo’q bo’lib ketdi… Darhaqiqat (rivoyatda aytilgandek) bugun Anqara-Umuriyada Mo”tasimlarni va Istanbul-Konstantinopolda Fotihlarni qayta dunyoga keltirish uchun Allohning tulporlari «keling menga mining-da, Allohga rag’bat qiling», deb turibdi…!

5 – Shunday qilib, bu harbiy tayyorgarlikdan maqsad, amalda Suriyaga kirish emas. Buning uchun Amerika o’z manfaati taqozosiga qarab ruxsat berishi shart. Men to’g’ri deb bilganim shuki, bu harbiy tayyorgarlikdan maqsad, mahalliy jamoatchilik fikrini jalb qilishdir. Bundan quyidagilar e’tiborga olingan:

  1. a) Yuqorida aytganimizdek bosh vazir bayonotidan ochiq ko’rinib turibdiki, Turkiyaning Suriyaga harbiy aralashuvga qo’l urgisi yo’q va buni avantyura, deb hisoblaydi. Biroq u Suriyadan kelishi mumkin bo’lgan har qanday tahdidga qarshi kurashishga tayyor turibdi. Ya’ni prezident Erdogan tilga olgan Sayks-Piko chegaralarini buzishni emas, balki o’z chegaralarini mudofaa qilishni istayapti.
  2. b) Suriyada kurdlar davlati tiklanishidan xavotirlanuvchi ovozlar Turkiya ichkarisida quloqqa yaqqol chalinib qoldi. Bunday ovoz sohiblari agar bu davlat tiklangudek bo’lsa, Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK)ni Turkiyaga qarshi qayta harbiy amaliyot qilishga shijoatlantirib qo’yadi, degan fikrdalar. Darhaqiqat, 2013 yil mart oyida ularning Turkiya ichkarisidagi harbiy amaliyotlari to’xtab qolgan edi. O’shanda partiya rahbari O’jalon qamoqxonadan turib, jangni to’xtatishga va qurolli partiyasini Turkiya tashqarisiga chiqib ketib, o’sha erda tinch qurolsiz faoliyat olib borishga da’vat qilgan edi. Shuning uchun bu harbiy tayyorgarlik ayni xavotirlanuvchi ovozlarni tinchitib turishga ham xizmat qiladi.
  3. v) Erdogan saylovlarda ko’p ovoz olishga muvaffaq bo’lolmadi, uning Suriyadagi beqaror pozitsiyasini qoralovchi muxolafat ovozlar kuchayib ketdi, ustiga-ustak, agar Dovudo’g’lining qonunda belgilangan vaqt ichida hukumat tuzish qo’lidan kelmagudek bo’lsa, muddatidan oldingi saylovlar o’tkazish ehtimoli aniqroq bo’lib qoldi. Shularning barchasi Erdogan va Turkiya hukumatini go’yo hukumat o’z xavfsizligiga qayg’urayotdek va go’yo Turkiya hamon qudratli davlatdek ko’rsatishga majbur qildi. U shu bilan o’ziga nisbatan ijobiy afkori omma paydo qilib olaman, deb o’ylamoqda.

Xullas kalom, bu ishlar va harbiy tayyorgarlik Suriya shimolida amalda harbiy aralashuv sodir etishdan ko’ra ko’proq, ichki afkori ommani paydo qilishga va tinchlantirishga qaratilgan. Biroq qachon Amerika Turkiyaning aralashuvini o’zining Suriyadagi rejasiga xizmat qiladi, degan fikrga kelib qolsa, bu tayyorgarlik amaliy aralashuvga aylanishi mumkin… Biz qudrati keng Allohdan Amerika va uning malaylari rejalarini barbod qilib, birorta yaxshilikka erisholmagan holda orqalariga qaytarib tashlashini so’rab duo qilamiz.

26 ramazon 1436h

13 iyul 2015m

Izohlar yo'q