Bishkekda olib borilgan amaliyotdan kim manfaatdor?

0
452

“K-NEWS” axborot agentligi ma’lumotiga ko’ra, Bishkekda olib borilgan maxsus amaliyotlar vaqtida yo’q qilingan va qo’lga olingan jangarilarga Hizb ut-Tahrir jamoasini ham aloqasi bo’lishi mumkin emish. Bu haqda huquq-tartibot xodimlaridan biri xabar qilgani aytiladi mazkur agentlik tomonidan tarqatilgan xabarda.

Eslatib o’tamiz, 16 iyul kuni DMXQ (davlat milliy xavfsizlik qo’mitasi) tomonidan Bishkek shahrida islomiy terrorchi tashkilot a’zolari deb gumon qilingan shaxslarga qarshi maxsus amaliyotlar olib borilgan edi. Ma’lum qilinishicha, mazkur amaliyotlar natijasida 6 jangari o’ldirilgan va 7tasi qo’lga olingan. O’sha kuni milliy xavfsizlik qo’mitasi tomonidan bu yangi noma’lum tashkilot ekanligi aytilgan edi. “K-NEWS” axborot agentligi esa Hizb ut-Tahrir ham bu teraktlarga aloqasi bor bo’lishi mumkin degan xabarni tarqatdi. 20 iyul kuni prezident Almazbek Atambaev (AKIpres) matbuot bayonotida, bu terrorchilar “ID” (Islomiy davlat) tashkiloti a’zolari ekanligi va ularning maqsadlari Ramazon hayiti namozi vaqtida va “Qant” harbiy bazasida qo’poruvchilik sodir etish bo’lgan ekanini aytib o’tdi.

Nega insonlar o’limlariga sabab bo’lgan va tinch aholining hayotlariga ham xavf tug’dirgan bu amaliyot kimga qarshi olib borilganligi tiniq emas!? Nega bir necha hizb, jamoa va jangari tashkilotlar bir qopga solinib, ular haqida jamoatchilikda salbiy fikr paydo qilishga harakat olib borilayapti!? Naxotki bu ish 1999 yilning 16 fevralida Toshkentda uyushtilgan qo’poruvchilik amaliyoti singari umumiy musulmonlarga qarshi uyushtirilgan amaliyot bo’lsa!?

14 iyul kuni AQSh davlat departamenti tomonidan Azimjon Asqarov “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti bilan taqdirlandi. O’z navbatida Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi mazkur mukofotni “millatlararo nizoni gijgijlashga qaratilgan amal” deb ko’rishini bildirib, AQShning Bishkekdagi ishonchli vakili Richard Mayls 17 iyul kuni vazirlikka chaqirtirilib, AQSh davlat departamentining 2014 yilgi “Inson huquqlari himoyachisi” mukofotini Azimjon Asqarovga topshirish qarori yuzasidan norozlik notasini topshirdi. Bundan tashqari Qirg’iziston hukumati Bishkek bilan Vashington o’rtasida 22 yil avval imzolangan hukumatlararo hamkorlik kelishuvini bir tomonlama ravishda bekor qilish bilan tahdid qildi.

Demak, yuqoridagi islomiy harakatlardan kutilayotgan xavf xatarlar aslida AQSh tomonidan uyushtirilishi mumkin bo’lgan teraktlardan xadiksirash ekan. Chunki AQSh ba’zi bir maqsadlariga erishish maqsadida o’z yurtida o’z fuqarolarini xavfga qo’yib 11 sentyabrda ulkan teraktni uyushtirganligi hammaga ma’lum.

Qirg’iziston esa saylovni tinch o’tkazib olish va Rossiya singari partiyaviy diktatorlik boshqaruv tizimini tuzib olish uchun G’arb olami bilan aloqalarini vaqtincha uzib turmoqchi. Chunki bu galgi saylovlar avvalgilariga nisbatan ancha qizg’in va to’ppalonli o’tishi kutilmoqda. Hukumat ham buni anglab etgani sababli qattiqqo’l siyosatiga o’tishga tayorlanib, inson huquqlarini qurol qilib foydalana oladigan g’arpparast kuchlarni qisuvga olish yoki vaqtincha bo’lsa xam izolyatsiyalab turish uchun hozirlik ko’ra boshladi. Bundan tashqari, islomiy jangarilar xossatan “ID” tashkiloti tomonidan uyushtirilishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar ham Qirg’iz kuch tizimlari va matbuoti tomonidan juda keng va vahimali qilib tarqatib berildi.

Bu siyosiy ko’rlik AQSh uchun juda qo’l kelishini ular endi anglay boshlashadi. Avvalida bu tashkilotni vahima qilib bir qator islomiy etakchilar va shaxslarni qamoqqa olishgan bo’lishsa-da, endilikda jamoatchilik ruhi hukumatga qarshi kuchayib boryapti. Yuqoridagi terrorchilarga qarshi olib borilgan maxsus amaliyotlar ham keng jamoatchilik tomonidan haqiqiy amalga oshirilgan xalaskorlik deb qabul qilinmadi. Balki bu ham rasmiy hukumatning navbatdagi uyushtirilgan nayranglari degan xabarlar keng tarqamoqda. Bu haqiqatni tarqalishiga xatto amerikaparast kuchlar ham o’z xissasini qo’shmay turishgani yo’q.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Izohlar yo'q