Ulug’ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning muborak ramazon hayiti munosabati bilan Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarga yo’llagan nutqi matni

0
607

Ulug’ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1436, milodiy 2015 yilgi muborak ramazon hayiti kirib kelishi munosabati bilan Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarga yo’llagan nutqi matni

Allohga hamdu sano bo’lsin, Rosululloh s.a.v.ga, oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan do’st bo’lganlarga salotu salomlar yog’ilsin, ammo ba’d:

Alloh mukarram qilgan va u haqda

 ﴿كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ﴾

«Sizlar odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo’ldingiz: ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110] deb aytgan Islomiy Ummatni, Pok taqvoli – Allohga hech kimni gunohdan pok, deb da’vo qilmaymiz – da’vat etkazuvchi, eng go’zal so’zlarni aytuvchi, solih amallar qiluvchi va Allohning ushbu

 ﴿وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلًا مِمَّنْ دَعَا إِلَى اللَّهِ وَعَمِلَ صَالِحًا وَقَالَ إِنَّنِي مِنَ الْمُسْلِمِين﴾

«(Odamlarni) Allohga da’vat qilgan va solih amal qilib, albatta men musulmonlardandirman, degan kishidan ham chiroyliroq so’zlaguvchi kim bor?» [Fussilat 33] tafsifiga loyiq bo’luvchi zotlarni, Haq va rostgo’ylik ila sahifamizni ziyorat qilayotgan, undagi yaxshilikka intilayotgan birodarlarni, Barcha-barchalaringizni ushbu ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh Subhanahudan tutgan ro’zalaringizni qabul qilishini va ushbu ulug’ oyda do’zaxdan ozod bo’lgan bandalardan qilishini so’rayman.

Alloh Subhanahu ushbu hayitni barcha musulmonlar uchun xayru barakot ochqichiga aylantirsin, kelasi hayitni roshid Xalifalik soyasi ostida, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh bayrog’i ostida o’tkazishimizni nasib etsin. Bu Allohga hargiz qiyin emas.

So’zim nihoyasida barchangizga salom yo’llab, yaxshilik tilab qolaman, Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin, sizni barcha yomonliklardan O’zi asrasin, barcha ozorlardan himoya qilsin.

 ﴿فَاللَّهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ﴾

«Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U zot mehribonlarning mehribonrog’idir» [Yusuf 64]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta birinchi shavvol, birinchi hayit kechasi 1436h Hizb ut-Tahrir amiri 17 iyul 2015m

Izohlar yo'q