1436 yilning Shavvol oyini (hilolini) kuzatish natijasi e’loni va muborak ramazon hayiti tabrigi

0
578

1436 yilning Shavvol oyini (hilolini) kuzatish natijasi e’loni va muborak ramazon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamd bo’lsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do’st bo’lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo’lidan yurgan, Islom aqidasini o’zining fikratiga asos qilib olgan, shar’iy ahkomlarni esa amallariga o’lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo’lsin, ammo ba’d:

Buxoriy o’zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra r.a.ning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy A yoki Abu Qosim A aytdilar:

 «صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko’rib ro’za tutinglar (ro’zani boshlanglar), oyni ko’rib og’iz ochinglar (ro’zani tugatinglar), agar havo bulut bo’lsa, sha’bon oyining sanog’ini to’la o’ttiz kun qilinglar».

Bugun juma kechasi, ya’ni payshanbadan jumaga o’tar kechasida shavvol oyi kuzatilgandan so’ng oyni shar’iy ko’rish bilan ko’rilgani o’z isbotini topdi. Bu ba’zi musulmonlar yurtlarida bo’ldi. Shunga binoan ertaga juma kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta – u kishini Alloh hifzu himoyasida asrasin – barcha ulug’ Islomiy Ummatni muborak ramazon hayiti bilan qizg’in muborakbod etadilar. U kishi Alloh Subhanahu va Taolodan er yuzida Islomni tatbiq qiladigan, uni hidoyat va nur sifatida butun olamga etkazadigan, yurtlarni ozod qilib, Allohning bandalariga xizmat qiladigan Xalifalik davlatini ato etish bilan bizga iltifot ko’rsatishini so’raydilar. Ushbu jihod davlati bilan avvalgi fathlar qayta amalga oshadi. Natijada, insonlar hayit bayramlari va fathlarida Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd… deya hayqiradilar.

Shuningdek, men ham Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi raisi va matbuot bo’limi xodimlari tomonidan mana shu muborak oy munosabati bilan yo’llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga etkazayotganimdan mamnunman. Zero, bu hayit – Alloh ro’zadorlar uchun xursandchilik bo’lishini, musulmonlar birligini namoyon qilishini va ularga odamlardan alohida bir butun ummat ekanliklarini eslatuvchi bo’lishini iroda qilgan hayitdir.

Ey Yer yuzining mashriqiyu mag’ribidagi musulmonlar!

Alloh Subhanahu va Taolodan sizu bizning tutgan ro’zalarimiz, qiyomlarimiz va solih amallarimizni O’z dargohida qabul qilgan bo’lishini so’rayman. Shuningdek, kelgusi ro’za Alloh sizlarni adolatli roshid xalifa bilan ikrom qilgan holda qaytib kelishini ham so’rab qolaman. Shunda sizlar bu xalifa bilan himoyalanasiz va uning ortida turib jang qilasiz… va u sizlarni Allohning kitobi va Rasuli Aning Sunnati bilan boshqaradi… Bu ish Allohga qiyin emas.

Ro’za hayiti Alloh Azza va Jallaning musulmonlarga bo’lgan fazli va iltifotidir. Hayitlarning hayiti esa nusrat va g’alabaga bo’lgan Alloh Subhanahuning va’dasini va Rosululloh Aning bashoratlarini ro’yobga chiqarish bilan bo’ladi, shariat bilan boshqaruvchi Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish bilan bo’ladi.

Hayit xursandchiligi to’liq bo’lishi uchun xoin hokimlarning toju taxtlarini ularning boshiga ag’darib tashlash zarur…

Hayit xursandchiligi to’liq bo’lishi uchun butun Islomiy Ummatning quvvatlarini birlashtirmoq lozim… Hayit xursandchiligi to’liq bo’lishi uchun armiyalarimiz Hizb ut-Tahrirga albatta nusrat-yordam bermoqlari lozim. Toki, siyosat, iqtisod, ijtimo, ta’lim va boshqa barcha hayotiy sohalarda islomiy hayot qayta boshlansin. Bu esa Islomning buyuk qasrini, Payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik qasrini qurish bilan bo’ladi.

Sizlarni hayitlarning hayitiga, uni ro’yobga chiqarish uchun faoliyat qilishga da’vat qilaman. Hayitingizni Alloh Subhanahu va Taolo amriga bo’ysunish bilan hamda ushbu dinni qudratli va g’olib qilish uchun muxlis kishilar bilan birga harakat qilish bilan xotimalang. Toki, barchamiz baravar aniq g’alaba kunida takbir aytaylik, g’oliblar, toat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, tavba qiluvchilar takbirini aytaylik…

 اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ … لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ .. وَللهِ الْحَمْدُ

 اَللهُ أَكْبَرُ كَبِيرًا وَالْحَمْدُ للهِ كَثِيرًا وَسُبْحَانَ اللهِ بُكْرَةً وَأَصِيلاً

 لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ … صَدَقَ وَعْدَهُ .. وَنَصَرَ عَبْدَهُ .. وَأَعَزَّ جُنْدَهُ وَهَزَمَ الْأَحْزَابَ وَحْدَهُ

 لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ .. وَلاَ نَعْبُدُ إِلاَّ إِيَّاهُ .. مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Barchangizni hayitingiz muborak bo’lsin! Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizning toat-ibodatlarimizni qabul qilsin!

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

1436 yilning muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kuni, jumaga o’tar kechasi

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Izohlar yo'q