Qurol g’amlashda Saudiya Arabistoni yana birinchi o’rinda

0
523

Markazi Shvetsariyada joylashgan xalqaro tinchlik instituti “SIPRI” chiqargan hisobotga ko’ra, davlatni tashqi xavf xatarlardan himoya qilish uchun Saudiya Arabistoni sarflagan mablag’ miqdori davlat yalpi ichki mahsulotining 10,4 foiziga etgan. Shu jihatdan dunyoda Saudiya Arabistoni o’zining byudjetiga nisbatan qurol yaroqqa eng ko’p mablag’ sarlagan davlat bo’lib chiqdi.

Saudiya Arabistonining davlat mudofaasi uchun sarflagan mablag’ miqdori o’tgan yilgi xarajatlarga nisbatan 17 foizga ortgan. Suriya va Yamanda kechayotgan ichki urush, IShID va boshqa qurolli guruhlardan kelishi mumkin deb ko’rilgan xavf xatar va Eron siyosatining kengayishi Saudiyaning harbiy quvvatini kuchaytirishiga turtki bo’layotgani aytiladi.

Saudiya Arabistoni oxirgi marta o’tgan haftada Frantsiya bilan bir milliard dollarlik qurol aslaha ustida bitim tuzdi. Bitimga ko’ra, u Parijdan Frantsiyada ishlab chiqilgan 23ta vertalyot va 50ta samalyot sotib oladi.

Amerika davlati o’z mudofaasi uchun 570 milliard dollar sarf qiladi. Bu esa uning yalpi ichki mahsulotining 3,5 foiziga to’g’ri keladi. Davlat mudofaasi uchun eng ko’p mablag’ sarflaydigan davlatlar ro’yxatida Turkiya ettinchi o’rinda turadi. Turkiya davlat byudjetining 2,2 foizini mudofaa uchun sarflaydi. Ro’yxatga ko’ra, Saudiya Arabistonidan so’ng ikkinchi o’rinda Isroil, uchinchi o’rinda Rossiya, to’rtinchi o’rinda esa Amerika turadi.

Izohlar yo'q