Islom Ummatidan va quvvat ahlidan nusrat talab qilindi

0
493

Hizb ut-Tahrir uyushmasi muborak ramazon oyining birinchi jumasida Islom Ummatidan, xususan quvvat ahlidan Xalifalik davlatini tiklash uchun nusrat talab qildi. Turkiya, Falastin, Iordaniya, Indoneziya, Sudan, Livan, Tunis, Bangladesh, Pokiston, Suriya kabi bir nechta Islom o’lkalarida, bir vaqtning o’zida Ummat ichidagi kuch qudrat ahllariga qaynoq nido yo’llandi.

Hizb ut-Tahrir uyushmasi Xalifalik davlatini tiklash orqali Islomiy hayotni yangidan boshlash uchun dunyoning bir qancha davlatlarida faoliyat yuritib keladi. Uzoq vaqtlar zolimlarning zindonlarida a’zolarining shahid qilinishi va og’ir qinoqlarga solinishi bilan dolzarb mavzuga aylanib kelgan bu uyushma bugunga kelib bir vaqtning o’zida bir nechta davlatlarda kuch qudrat ahlidan nusrat talab qilishi bilan dolzarb mavzuga aylandi.

Bu nido Xalifalik davlatining tiklanishiga ne chog’lik yaqin vaqt qolganligini do’stu-dushmanga ko’rsatib qo’ydi. Zero Hizb ut-Tahrir ellikdan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, Roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun kunni tunga ulab qo’lidan kelgancha harakat olib bormoqda.

Hizb ut-Tahrir tashkil topgan kundan buyon Ummatdan uch marta nusrat talab qildi. Birinchisi 1969 yilda va ikkinchisi 2005 yilda amalga oshirilgan edi. Uchinchi marta joriy ramazon oyining ilk jumasida yana butun Ummatga, xususan Ummat ichidagi quvvat ahliga qaynoq nido yo’llandi.

“Ey quvvat ahli! Bu nido Allohning izni ila faqat haqiqiy ansorlarga va “Sa’d”larga qaratilgan. Ular shunday insonlarki, Xalifalikni tiklash uchun harakat qilayotganlarga yordam beradi, Allohning diniga nusrat beradi, Hizb ut-Tahrirga yordam berish bilan Ikkinchi roshid Xalifalikka yordam beradi, Allohning va’dasini ro’yobga chiqarish uchun zolim boshqaruvdan so’ng keladigan Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka yordam beradi”, deyiladi qaynoq nidoda.

Izohlar yo'q