Tojikiston hukumati musulmon uyg’urlarni butparastlarga topshirishga rozi bo’ldi

0
479

Xitoy hukumati tarafidan tayyorlangan “Jinoyatchilarni vataniga qaytarish” bitimini ma’qullagan Tojikiston hukumati mamlakatdagi musulmon uyg’urlarni butparast Xitoyga topshirishni qabul qilganligi kunning asosiy mavzusiga aylandi. Tojikiston va Xitoy o’rtasida imzolangan mazkur bitimga ko’ra, tojikistonda jon saqlab yurgan musulmon uyg’urlar kommunist Xitoy hukumatiga topshiriladigan bo’ldi.

BBC axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Tojikiston oliy majlisi “Jinoyatchilarni vataniga qaytarish” bitimini tasdiqlagan. Tojikiston bosh prokrori Yusuf Rahimov ikki davlat o’rtasida imzolangan bu bitim natijasida Xitoyda qo’lga olingan Tojikiston fuqarolarini vatanga qaytarish imkoniyati tug’ilishini bildirdi.

“Asia News” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, uzoq yillardan buyon uyg’ur faollarini qo’lga kirita olmay yurgan Xitoy hukumati uchun ham bu bitim ayni muddaodir. Tojikiston bilan o’tkazilgan bitim orqali Xitoy butun O’rta Osiyo davlatlarida yurgan musulmon uyg’urlarni Xitoyga qaytarish bitimini imzolash jarayonini tamomiga etkazdi. Xitoyga topshirilgan musulmon uyg’urlarni esa umrbod qamoq jazosi yoki o’lim jazosi kutayotgani shubhasiz.

Xabarlarga ko’ra, xalqaro tashkilotlar bu turdagi bitimlarga shubha bilan qarashmoqda. Sharqiy Turkistonda yashayotgan musulmon etnik uyg’urlar davlat qamoqxonalarida og’ir kunlarni boshidan kechirayotgani butun dunyoga kundek ravshan. Xitoy hukumati mustaqillikni talab qilgan uyg’ur faollarini terroristlikda ayblab og’ir jazoga tortib keladi.

Izohlar yo'q