O’zgarishlarga mahkum konstitutsiya yana o’zgartiriladi

0
543

Jogorku Kenesh rasmiy saytida paydo bo’lgan xabarga ko’ra, parlamentdagi hukmron (ko’pchilik) koalitsiya “Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha referendum tayinlash to’g’risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqdi.

Qonun loyihasi hukmron koalitsiyani tashkil etuvchi parlament fraktsiyalari etakchilari Feliks Kulov (Ar-Namis), Chinibay Tursunbekov (QSDP) va O’murbek Tekebaev (Ata Meken)lar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Tashabbuschilarning qayd etishicha, “2010 yilning 27 iyun kuni umumxalq ovoz berish yo’li bilan qabul qilingan Qirg’iziston respublikasi konstitutsiyasi mamlakatda haqiqiy parlament tizimini o’rnatdi va hukumatning xalqdan begonaligini maksimal darajada bartaraf etdi. 2010 yil aprel oyida xalqning qahramonona say-harakatlari mevasini mustaxkamlagan konstitutsiya avvalgi hukumatlar tomonidan oyoq osti qilingan va kamsitilgan yuksak insonparvarlik g’oyalarini, demokratik rivojlanish va davlat qurilishining eng muhim yutuqlarini o’zida mujassam etdi.

Afsuski, vaqt o’tishi bilan konstitutsiyaning ayrim qoidalari ularning amaliy ijrosida o’zini oqlamadi va davlat boshqaruvi organlari faoliyatidagi tartibsizliklar, sustkashlik va hukumatning jura’tsizligi xalq noroziligini kuchayishiga sabab bo’ldi”.

Ularning fikricha, mamlakatda konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish uchun ehtiyoj paydo bo’ldi.

Parlament fraktsiyalari etakchilarining tushintirib o’tishicha, Taklif qilinayotgan o’zgartirishlar, mahalliy davlat ma’muriyatlari rahbarlarini tayinlash tartibi, daxlsizlik masalalari, shuningdek, Jogorku Kenesh deputatlarini fraktsiyalardan chiqarish, deputat va Bosh vazirlikka saylanganlar qobiliyatlari, iste’foga chiqqanidan so’ng Jogorku Kenesh deputatligiga qaytish, Jogorku Kenesh tomonidan Oliy sud raisi va o’rinbosarlarini saylashga tegishli bo’ladi.

Turkiston:

Insonnnig cheklangan aqli maxsuli bo’lgan demokratiya qonun chiqarish huquqini olamlar Robbisi bo’lgan Alloh Taolo o’rniga insonlarga bergan botil tuzum hisoblanadi. Tuzum asoschilari tomonidan xalqni boshqarish va qonunlar uchun asos sifatida o’ylab topilgan konstitutsiya ham doimiy o’zgarishlarga va ziddiyatlarga mahkum. Chunki, inson o’zining cheklangan aqli bilan barcha narsani qamrab ololmaydi. Dunyodagi o’zgartirilmagan birorta ham konstitutsiya mavjud emas, bun hatto shu tuzum tarafdorlari va ijrochilari bo’lgan siyosatchilarning o’zlari ham tan olishadi. Biroq shunday bo’lsada o’z qo’llaridagi hokimiyatni saqlab qolish maqsadida shu botil tuzum ortidan yugurishga, uni ko’klarga ko’tarib maqtashga, odamlar ko’ziga chiroyli qilib ko’rsatish uchun bo’yab ko’rsatishga harakat qilishadi. Bugungi kunda demokratik tuzum aqida va boshqaruv jihatidan inqirozga yuz tutib bo’lgan bo’lsada mustamlakachi davlatlar tomonidan musulmonlarga majburan tiqishtirib kelinmoqda.

Kofir g’arb musulmonlarning yurtlariga olib kirgan demokratiya Islomga hech qanday aloqasi bo’lmagan kufr nizomidir. Bu nizom o’zining umumiy tushunchalari, mayda tafsilotlari, hosil bo’lish manbai, kelib chiqish aqidasi, qurilgan asosi, olib kelgan fikr va qonunlarida Islom ahkomlariga tamoman ziddir. Shuning uchun, uni qabul qilish ham, hayotga tatbiq etish ham, unga da’vat qilish ham, bu tuzum umrini uzaytirishga olib keladigan umumxalq referendumlari va saylovlarida ishtirok etish ham musulmonlarga qat’iy haromdir.

Izohlar yo'q