Ta’ziya

0
528

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilishicha, Jalolobod viloyati Suzoq tumani Qirjo’l qishlog’ida er ko’chkisi yuz berishi natijasida 6 kishi halok bo’lgan, 24 kishi tan jarohati olgan, ulardan 12 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Xodisa 24 mayga o’tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:49 da sodir bo’lgan. Ko’chki Qirjo’l qishlog’idagi 5 xonadonni bosib qolgan. Qurbon bo’lganlar orasida 3 nafar yosh bola ham bo’lgan.

Ayni vaqtda hodisa ro’y bergan qishloq aholisiga zarur yordamlar ko’rsatilmoqda.

Prezident topshirig’i bilan bu joyga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Qubatbek Bo’ronov hamda vitse-prezident Abdurahmon Mamataliev etib borgan.

Almazbek Atambaev hodisa qurbonlarining yaqinlariga o’z hamdardligini bildirgan va jabrlanuvchilar uchun 100 ming somdan yordam mablag’i ajratilishini ma’lum qilgan.

Tabiiy ofat natijasida halok bo’lganlar:

  1. Kenjaboy qizi Elnura, 1995 yili tug’ilgan;
  2. Kalibek o’g’li Mirlan, 2005 yili tug’ilgan;
  3. Kalibek qizi Zarina, 2009 yili tug’ilgan;
  4. Alimbekov Attokur, 1958 yili tug’ilgan;
  5. Seydalieva Jamila, 1958 yili tug’ilgan;
  6. Attokur o’g’li Nurjigit, 2012 yili tug’ilgan.

Biz, Turkiston sayti xodimlari ham Allohning qazosiga iymon keltirgan holda, Rahimli Allohdan mazkur baxtsiz xodisada halok bo’lgan vatandoshlarimizning Oxiratlarini obod qilishini, ularni O’z jannatlari bilan rizqlantirishini so’raymiz.

Ularning oila a’zolari va yaqinlariga o’z ta’ziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Allohdan ularga go’zal sabr, komil iymon so’raymiz va jarohat olganlarni tez kunda sihat topib, o’z yaqinlari bag’riga qaytishini tilab qolamiz.

 الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

“Ular musibat etganda: “Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, derlar”. (Baqara. 156)

Turkiston

Izohlar yo'q