NATO vujudi Afg’on tuproqlarida saqlanib qolaveradi

0
603

NATOning Afg’onistondagi missiyasi nihoyasiga etgandan keyin ham NATO vujudi Afg’on tuproqlarida saqlanib qolaveradi. Bu haqida NATO bosh kotibi Jon Stoltenberg ma’lum qildi.

Stoltenberg Antalyadagi “Susesi” mehmonxonasida Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uchrashuv o’tkazishi ortidan jurnalistlarga intervyu berdi.

Stoltenberg Afg’oniston tashqi ishlar vaziri bilan birgalikda muhim qarorlar qabul qilganligini bildirar ekan, “Afg’onistondagi hozirgi missiyamiz nihoyasiga etgandan keyin ham u erda qolish borasi kelishib oldik”, dedi.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, Afg’onistonda qoladigan NATO vujudining avvalgisidan farqi shuki, guruhga harbiy bo’lmagan shaxslar rahbarlik qiladi. Ammo bu vujud tor doirada harbiy unsurlarni ham o’z ichiga oladi. Stoltenberga ko’ra, NATO mas’ullariga bahordan so’ng amalga oshiriladigan reja ustida ishlash vazifasi yuklatilgan.

Afg’oniston xavfsizlik kuchlari o’z-o’zini muhofaza qila olishi uchun NATO kuchlari tarafidan harbiy tayyorgarlikdan o’tkazilishi va maslahatlar bilan ta’minlashi zarur ekanligini aytib o’tgan Stoltenber Afg’onistonga yordam berish o’zlarining zimmasidagi vazifasi ekanligini qo’shimcha qildi.

Stoltenber shu vaqtga qadar Afg’onistondagi amaliyotlarga o’z hissasini qo’shgan hamda texnik va moliyaviy hihatdan ko’mak bergan davlatlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, doimiy siyosiy imkoniyatga ega bo’lish uchun “terrorizm”ning xalqaro aloqalariga chek qo’yish, Tolibon harakatining oldi olish hamda ayol huquqlarini o’z ichiga olgan Afg’oniston konstitutsiyasiga amal qilinishi lozim.

Turkiston:

AQSh Afg’onistonga NATO vositasida bostirib kirdi. Lekin missiyasini nixoyasiga etkaza olgani yo’q. Uning missiyasi (muayyan maqsadga asoslangan amaliyoti), butun Afg’onistonda demokratiyaga asoslangan boshqaruv sistemasini joriy etish edi. Aksincha, AQSh Afg’onistonni bir necha bo’laklarga bo’linib ketishiga sababchi bo’ldi. Buning bilan Afg’onistonda ilgarigi xolatidan yomonroq va keskinroq xolat paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi.

Tolibonga mag’lub bo’lib, o’z missiyasini bajara olmay qolgan AQSh, mintaqadagi avvalgi missiyasini yangisi bilan almashtirib oldi. Endi uning yangi rejasiga muvofiq Afg’oniston muammosi, Markaziy Osiyo balki dunyo xamjamiyatining muammosiga aylanib qoldi. U Afg’onistonda yasalma xukumat paydo qilib, butun muammolarni uning zimmasiga yukladi. O’zi esa, mavjud xukumatni, xuddi Suriyada Asad rejimiga to’la xomiylik qilib kelayotganidek, Afg’on xukumatini xam o’z nazorati ostiga oldi. Endi AQSh, Afg’onistondagi bir necha guruxlar o’rtalarida urush uyushtirib, o’ziga tobe’ tomonlarni to’la qo’llab turish bilan, o’zi uchun noqulay yoki keraksiz kuchlarni xolsizlantira oladi. Ya’ni AQSh mintaqada o’zi paydo qilgan muammosini, yangi Afg’on xukumati zimmasiga ag’dara oldi. Endi u amalda bosqinchi bo’lishiga qaramay, nazoratchi, adolatparvar, xaqiqatparvar….. bo’lib olmoqchi.

Musulmonlar AQShning bu nayranglariga aldanmasliklari kerak. Ular bir birlari bilan tinchlik bitimi va aloqalarini o’rnatib, Islom dini asosida o’zaro muomilalar shakllantirishlari lozim. Kufrning xozirgi xalqaro sistemadagi quvvatini faqat shu yo’l bilan engish mumkin. Kufr asosida boradigan xar qanday muzokara va muomilalar, faqat kufr manfaatini ro’yobga chiqaradi. Shar’iy qoidaga muvofiq “ shar’iy xukm asosida bo’lmagan xar qanday xarakat, g’oyriislomiy xarakat deb e’tibor qilinadi”.

Izohlar yo'q