AQShning diplomatik yuklari Qirg’izistonga kelishda davom etyapti

0
498

AQShning diplomatik yuklari Qirg’izistonga kelishda davom etyapti

“5 –kanal” axborot dasturi Qirg’izistonga AQShning navbatdagi diplomatik yuki olib kirilishi haqida xabar tarqatdi. Bundan tashqari, Qirg’iziston bo’ylab qandaydir noma’lum guruh tomonidan jamiyatni provokatsiya qilish maqsadida harakatlar bo’lgan deyildi. 9 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali bir qator qo’poruvchilik amaliyotlari rejalashtirilatgani haqida virtual vahimalar tarqatildi. Xavfsizlik xizmatlari va militsiya xodimlari bu harakatlarni oldini olish uchun deyarli hech qanday chora-tadbir qo’llay olishmadi.

Bu harakatlar Qirg’iziston hukumati uchun bir ogohlantirish bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ish olib borgan bu guruh va ularni yo’naltiruvchi xalqaro kuchlar Qirg’iziston jamiyatini naqadar zaif va tutruqsiz ekanini isbotlab bermoqchi bo’lishdi. Bu bir mashg’ulot singari amaliyot bo’lishiga qaramay, ta’sir quvvatiga ko’ra juda katta vahimali harakat paydo bo’layotganidan darak beradi. Vikiliks (Wikileaks) voqealarini eslang. Ijtimoiy tarmoqda olib borilayotgan matbuot hujumlari real voqedagi sharoitlarga chambarchas bog’liq bo’ladi. Ya’ni aytaylik, Qirg’iziston jamiyatini fikran yoki amalda bir tomonga harakatlantirish uchun avval virtual olam orqali hayotda borayotgan real xodisalar va undagi adolatsizliklar tarqatiladi. So’ng undan qutulish chora-tadbirlarini topish maqsadida keng jamoatchilik uchun bahs-munozara maydoni yaratib beriladi. Shuning uchun zulm kuchayishi ortidan ijtimoiy tarmoqlar orqali matbuot kurashi ham tez rivojlanib boraveradi.

Qirg’iziston davlati kufr siyosatchilarining maslaxatlari bilan ijtimoiy tarmoq va tarmoqdagi shaxslarni nazorat ostiga olishni kuchaytirish orqali shaxslarga qarshi kurasha boshladi. Bu noto’g’ri va natijasiz kurash uslubi bo’lib, davlatni o’z fuqorolaridan yanada uzoqlashtiradi. Agar to’g’ri bo’lganida G’arb davlatlari o’z yurtlarida shu uslubni qo’llagan bo’lar edi. Chunki ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan barcha fikrlar muayyan bir voqea yoki xodisalarga asoslanadi. Asosan bu xodisalar davlat tomonidan fuqarolarga qarshi olib borilayotgan zulmlar atrofida rivojlanadi. Kufr sistemasi vakillarining har biri Qirg’izistondagi shu olamiy ijtimoiy tarmoqlarini vosita qilib, mintaqadagi muayyan manfaatlarini ro’yobga chiqarib olishni ko’zlashadi. Bu tarmoqqa nisbatan yoki unda ishtirok etayotgan fuqarolarga qarshi kurash esa o’sha (uchunchi kuch) kufr vakillari uchun o’ta katta qulayliklar yaratib beradi. Chunki zulm faqat zulmni kuchaytiradi.

Shuning uchun Qirg’iziston hukumati o’z fuqarolariga qarshi yurishni to’xtatib, aksincha real voqelikdagi bir qator o’z xatolarini qayta ko’rib chiqishlari kerak. Ular o’z fuqarolariga yaqinlashib, kufr xalqaro sistemasining nayranglaridan uzoqlashishlari kerak. Islomiy yurt etakchilarining deyarli hammasining ahvoli Qirg’iziston hukumatining holatiga o’xshaydi. Demak, ularning barchasi uchun muammolarining echimi bir bo’lib, bu ish kufrning maslaxatidan voz kechish bilan boshlanadi.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Izohlar yo'q