YOII Qirg’izistonning ittifoqqa qo’shilishini ma’qulladi

0
494

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Qirg’izistonning tashkilotga qo’shilishini ma’qulladi. Bu haqda Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Shubha uyg’otgan hamma savollar hal bo’ldi va biz bugun Qirg’izistonning bizning ittifoqqa qo’shilishi bo’yicha hujjatni qabul qilmoqdamiz va bu bilan sizni tabriklayman”, deb aytdi Nazarboev.

Nazarboev, shuningdek, YeOII Vetnam bilan erkin savdo hududi tashkil etish haqida kelishuv imzolashni mo’ljallayotganini ma’lum qildi.

Nazarboevning aytishicha, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon va Mo’g’iliston davlatlari ham YeOII bilan iqtisodiy hamkorlik bo’yicha kelishuvga o’z qiziqishlarini bildirib o’tdi.

Qozog’iston prezidenti ittifoq a’zolaridan bu taklifni ko’rib chiqishni so’radi.

Izohlar yo'q