Tunel kavlagan va undan o’tgan kishi bir umrga qamaladi

0
457

Misr rasmiy gazetasi tarqatgan xabarda aytilishicha, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi chegara mintaqalarda yangi tunel kavlagan va kavlangan tuneldan o’tgan kishilar borasida 21/2015 sonli yangi qaror qabul qildi. Mazkur qarorga ko’ra, mamlakat chegaralarida tunel kavlagan, kavlash uchun tayyorgarlik ko’rgan, chet el fuqarolari bilan aloqa o’rnatish va ularga turli mahsulotlar etkazib berish uchun kavlangan tunellardan foydalangan kishilar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Chegara mintaqalarda tunelning kavlanishidan xabardor bo’lib, tegishli joylarga xabar qilmagan kishilar ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi qarorda alohida qayd etiladi. Shuningdek, qarorga ko’ra, tunel kavlashda belgilangan bino va erlar hamda ishlatilgan texnik vositalar musodara qilinadi.

Misr konstitutsiyasiga kiritilgan keyingi o’zgartirishlarga muvofiq mamlakat prizidenti qonun doirasida yangi qaror chiqarish huquqiga ega. Chiqarilgan yangi qaror davlat rasmiy gazetalarida chop qilinishi bilanoq kuchga kiradi.

Tunellar qamal ostida qolgan G’azoning qon tomirlari hisoblanadi. G’azo aholisi uchun zaruriy ehtiyoj hisoblangan oziq ovqatlar va dori darmonlar, hotto tirik hayvonlar ushbu tunellar orqali Misrdan G’azoga olib o’tiladi. Shu vaqtgacha bu tunellarning aksariyati yahud vajudini xursand qilish yo’lida Misr hukumatining tashabbusi bilan buzib tashlandi.

Izohlar yo'q