Rossiya va O’zbekiston Hizb ut-Tahrirga qarshi hamkorlikda kurashadi

0
599

10 aprel kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maxsus xizmatlari va huquq tizimlari rahbarlari “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashni muvofiqlashtirish yo’l-yo’riqlarini muhokama qilishga kirishdi. Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi shuningdek internetdan terror maqsadlarida foydalanishni to’xtatish bo’yicha qo’shma mashg’ulotlar o’tkazish rejasini ham ko’rib chiqadi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti qoshidagi Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rasmiysining matbuotga bildirishicha¸ Toshkent yig’ini kun tartibiga terrorchilik¸ ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashning 2016-2018 yillarga mo’ljallangan dasturi loyihasi¸ ShHTning ekstremizmga qarshi kurash kontseptsiyasi loyihasini ishlab chiqish va “Islomiy davlat” guruhi tahdidiga qarshi birgalikdagi chora-tadbirlari muhokamasi kiritilgan.

Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishida ishtirok etgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori o’rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov Rossiya va O’zbekiston Hizb ut-Tahrir faoliyatiga qarshi kurashish uchun hamkorlikni yo’lga qo’yishini ma’lum qildi.

“Hamkorlik bir necha yildan buyon davom etmoqda. Doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruh tashkil etilgan”, – degan Smirnov o’z bayonotida.

Turkiston:

2001 yili Xitoy va Rossiya boshchiligida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) o’z faoliyatining dastlabki kunidan boshlab asosiy e’tiborini Islom va musulmonlarga qarshi kurashga qaratdi. O’zining bu razil maqsadini oqlash uchun bu kurashga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash niqobini kiydirdi.

2003 yilning 28-29 mart kunlari Moskva shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi sammitda qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tashkil etilgan edi. Mazkur sammitda ham ishtirokchilarning asosiy e’tibori Hizb ut-Tahrirga qaratilgan bo’lib, uning faoliyatini yoyilishiga yo’l qymaslik uchun bir qator hujjatlar imzolangan, shundan so’ng avval Rossiya, keyinchalik Qozog’iston va Qirg’iziston Oliy sudlari mamlakat hududida Hizb ut-Tahrir faoliyatini taqiqlash to’g’risida qaror chiqargan edi.

O’zbekiston hukumati Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)dan farqli ravishda ShHTda o’z faoliyatini to’xtatmay davom ettirib kelmoqda. Bunga asosiy sabab Islom dini yoyilishini har qanday ko’rinishlariga qarshi bo’lgan Karimov uchun bu tashkilotga a’zo bo’lish unga a’zo bo’lgan davlatlar Rossiya, Qozog’iston va Qirg’iziston hududida o’zbek maxsus xizmatlarini bemalol izg’ib yurishiga va Karimov rejimi uchun istalmagan shaxs bo’lgan har qanday kishini ta’qib qilish va har qanday qonunlarni buzgan holda bemalol o’g’irlab kelishiga imkoniyatini yaratib bermoqda.

So’nggi yillarda Rossiya hududidan O’zbekiston fuqarolari, xususan o’z vatanida to’qima ayblovlar bilan qidiruvga berilgan musulmonlarni qo’lga olinishi va to’satdan g’oyib bo’lib qolishi, keyinchalik ularning daragi o’zbek maxsus xizmatlari erto’lasi yoki birorta tergov hibsxonasidan chiqishi odatiy hol bo’lib qoldi. Bu ishlarning barchasi ShHT berayotgan imkoniyatlar ortidan sodir bo’lmoqda.

Izohlar yo'q