Qirg’iziston kuch organlari uyat nimaligini unitib qo’ydi

0
461

“K-News” saytining 6 aprel kuni xabar qilishicha, O’sh viloyatida Hizb ut-Tahrir a’zosi qo’lga olingan. Bu haqida nashrga O’sh shahri va viloyati bo’yicha IIV bosh boshqarmasining matbuot xizmati xabar bergan.

Matbuot xizmati bergan xabarga ko’ra, joriy yilning 28 mart kuni O’sh shahrida yashovchi 29 yoshli fuqaro K. A. qo’lga olingan, uning Majrumtol ko’chasida joylashgan uyida tintuv o’tkazish mobaynida 19ta kompakt disk, 2ta mikro kasseta, 2ta bloknot, 5.45 kalibrli 8ta patron, 1.62 kalibrli 19ta patron, AKS ning 1 dona va AKM ning 2ta o’qdoni topilgan.

Tergov mobaynida K. A. Hizb ut-Tahrir a’zosi ekanligi aniqlangan. “Shahar sudi qarori bilan K.A 2 oyga hibsda qoldirildi. Qo’lga olingan fuqaro O’sh viloyati IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi”, – deyiladi xabarda.

Turkiston:

Qirg’iziston kuch organlari Hizb ut-Tahrir jamoasini yomon otliq qilish uchun olib borayotgan urinishlarida har qanday insoniy va axloqiy qiymatlarni bir chetga surib qo’yib, ochiqchasiga tuhmat va bo’hton ishlatish yo’liga o’tib oldi. Hukumatga qarashli bo’lgan rasmiy OAVlari ham jurnalistik etikani unitib, berilayotgan ma’lumotlarning to’g’ri va aniqligini tekshirib ko’rishga harakat ham qilmay, xolislikni yig’ishtirib qo’ygan holda imkon qadar bu ma’lumotlarni tezroq tarqatishda kimo’zarga poygaga kirishib ketishdi.

Hizb ut-Tahrir siyosiy Hizb bo’lib, uning mabdasi Islom va g’oyasi Islom nizomlarini ijro qiladigan va olamga uning da’vatini olib chiqadigan Islomiy Davlatni barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlashdan iborat ekanligini va o’z g’oyasiga etish yo’lida payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam tariqatlariga ergashgan holda fikriy va siyosiy kurash olib borishini, o’zi uchun moddiy ishlar bilan shug’ullanishni man qilganligini Qirg’iziston kuch organlari va ularga yo’l-yo’riq ko’rsatayotgan Rossiya va AQSh singari xojalari ham juda yaxshi bilishadi.

Hizb ut-Tahrir 60 yildan oshgan faoliyati davomida dunyodagi turli mustabid rejimlar tomonidan o’z a’zolari ta’qib va qatog’on qilinsa ham, yillar davomida zolimlar zindonlarida g’oyriinsoniy qiynoqlarga solinib, bu yo’lda yuzlab shahidlar bergan bo’lsa ham biror marta o’z tariqatidan og’ishmagani barchaga, shu jumladan yirik mustamlakachi davlatlar va ularning josuslik xizmatlariga ham ma’lum. Chunki bu mustamlakachi davlatlar Hizb ut-Tahrirni yomonotliq qilish yoki undan arzimagan bo’lsa ham birorta ayb topish maqsadida Hizb faoliyatini boshlagan dastlabki kundan boshlab ulkan mikroskoplar orqali kuzatib kelishmoqda.

Hizb ut-Tahrir qo’rqoqligi yoki zaifligi uchun emas, balki tariqatiga zid bo’lganligi uchun moddiy ishlar bilan shug’ullanmaydi. Biroq, shunday bo’lsada chiqmagan jondan umid deganlaridek, yirik davlatlar va Qirg’iziston kuch organlari singari ularning itoatkor xizmatkorlari hech bo’lmaganda Hizb nomini qora qilib ko’rastish uchun o’z imkoniyatlaridagi barcha vositalarni ishga solishmoqda.

Biz shu o’rinda ularga aytadigan so’zimiz, payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning “Agar uyalmasang, bilganingni qil!”. (Imom Buxoriy rivoyati).

Izohlar yo'q