“ATR” televizon kanalining faoliyati to’xtatildi

0
470

Qrimda faoliyat olib boradigan “ATR” televizon kanali o’z faoliyatini to’xtatib turishga majbur bo’lmoqda. Chunki bu kanal Rossiyada matbuot agentliklarining faoliyat yuritishiga ruxsat berish bilan shug’ullanadigan Rossiya inspektsiya agentligidan ruxsat olmagan.

“ATR” televizon kanali va unga bog’liq bo’lgan “Lale” yosh bolalar kanali, “Maydon” radiosi va “15 daqiqa” axborot agentligi ham Rossiya inspektsiya agentligi tarafidan beriladigan ruxsatnomaga ega emas. Shu bois kecha ularning ham ba’zi dasturlari efirga uzatilishdan to’xtatildi.

 Televizon kanalning sohibi Lenur Islamov kanalni sotish borasida takliflar kelib tushganligini bildirdi. Ammo Islamovning ta’kidalishicha, u bu takliflarni rad etgan.

“Biz bu erlarning egasimiz. Bu tuproqlarda o’z qadriyatlarimizni va milliy manfaatlarimizni himoya qilishimiz lozim. Mening pozitsiyam mana shu va kelajakda ham shunday bo’lib qoladi”, dedi “ATR” televizon kanalning sohibi.

Rossiya o’tgan yilda Qrim yarim orolini o’z hududiga qo’shib olgandan so’ng to hozirgi kunga qadar “ATR” televizon kanali Rossiya inspektsiya agentligi qaydidan o’tish uchun to’rt marta murojaat qilganligi aytilmoqda. Shundan uchtasiga rad javobi kelgan, oxirgisi esa hanuz javobsiz qolmoqda.

O’zining faoliyatini dastlab 2006 yilda boshlagan mustaqil Qrim yarim orolining “ATR” televizon kanali o’z dasturlarini tatar, rus va ukrain tilida namoyish qilib kelar edi.

Izohlar yo'q