Qirg’iziston prezident Almazbek Atambaev 23 mart kuni Yevropa davlatlari bo’ylab boshlagan turnesi davomida Avstriya, Frantsiya, Shveytsariya, Belgiya va Germaniyada bo’lib, bu mamlakatlar rahbarlari va Yevropa Ittifoqi etakchilari bilan muzokaralar o’tkazdi. Uchrashuvlar yakunida siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga oid bir qator hujjatlar imzolandi.
Safari davomida “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida Almazbek Atambaev Qirg’izistonni boshqa “stonlar” bilan adashtirmaslikni so’radi.
“Euronews” jurnalistining, Qirg’izistonda geylarga qarshi (antigey) va xorijiy agentlar to’g’risida tayyorlanayotgan qonun loyihalari erishilgan demokratik natijalarni yo’qotishiga olib kelmaydimi, deb bergan savoliga javob bergan Atambaev, “Siz Qirg’izistonni boshqa “stonlar” bilan bir oz adashtiryapsiz. Bizda har qanday qonunni parlament ko’rib chiqadi. Ammo men prezident sifatida yiliga 15 foizgacha qonunlarga veto qo’yaman. Men qonunlarga, albatta moliyaviylardan tashqari, veto qo’yish huquqiga egaman va bu vetoni engib o’tish qiyin”, – dedi prezident.
Atambaevning ta’kidlashicha, Qirg’iziston boshqa mamlakat va qonun loyihasining tayyorlanishi uni qabul qilinishini anglatmaydi: “Bu qonun parlamentdan o’tadimi? Qanday shaklda bo’ladi? Menga qanday etib keladi?”. Uning so’zlariga ko’ra, prezidentgacha etib kelgan ayrim qonunlar xali ham ko’pchilik eskicha fikrlayotganini ko’rsatib turadi.
“Bizda, Qirg’izistonda prezident parlament kun tartibini belgilab bermaydi. Qanday qonun qabul qilishni parlamentning o’zi xal qiladi. Ko’pincha shunday qonun loyihalari bo’ladiki, ularga veto qo’yish kerak bo’ladi. Ammo bu narsa bizda xohlagan narsani, shu jumladan prezident safari va xatti-harakatlarining muxokama qilishi mumkin bo’lgan demokratik davlat va demokratik parlament ekanligiga dalolat qiladi”, – dedi Atambaev.
“Euronews” jurnalistining, “Yana sizlarda rus tilini rasmiy maqomdan mahrum qilish masalasi ko’rib chiqilmoqda. Bu holda Ukrainada bo’lgan ishlar sodir bo’lmaydimi?”, – degan savoliga:
“Bilsangiz, Qirg’izistonda bir vaqtlar shunga o’xshash qonun qabul qilingan edi. Bu qonunda davlat tilini bilmaslik uchun jarima solish taklif etildi, men esa bunga veto qo’ydim. Mana sizga yana bitta misol. Vetoni engib o’ta olishmadi, bundan tashqari, Ukrainada inqilob sodir bo’lganda, ehtimol Markaziy Osiyoda yagona biz, ularni inqilob bilan tabrikladik. Bu o’tgan yilning fevral oyida bo’lgan edi. O’z murojaatimizda biz ularga millatlararo masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o’tganmiz, chunki bu har doim katta muammolarga olib kelishi mumkin”, – deb javob berdi Atambaev.
Atambaev 2010 yilgi inqilobdan bir necha oy o’tib, huddi hozirgi kunda Ukraina janubida bo’layotgani kabi, Qirg’iziston janubida ham ayrim kuchlar tomonidan millatlararo to’qnashuvlar uyushtirilganini eslab o’tdi. “Biz bu haqida ukrainlarni ogohlantirdik. Albatta, biz buni aniq eslaymiz. Bizda shunday parlament, gohida umuman o’ylanmagan qonunlarni qabul qiladi, ehtimol bu parlamentning kuchi ham shunda. Men yana bir bor eslatib o’taman bu – nimani muxokama qilish va qanday qonunni qabul qilishni o’zi xal qiladigan parlament. Mening vazifam esa, gohida ular his-tuyg’uga berilib ketgan vaqtlarda oz-moz eslatib o’tish, to’g’rilab qo’yish, veto qo’yishdan iborat”, – deb suhbatga yakun yasadi Atambaev.
Turkiston:
Atambaevga, diniy rodikalizm masalasida “ islom davlati” xavfidan xavotirdamisizlar va unga qarshi qanday choralar ko’rayapsizlar degan ma’noda savol berildi.
Xa xavotirimiz bor, lekin islomiy rodikallarni, xali inqilobiy xarbiy xarakatlar boshlashidan ilgari oldini olish amaliyotlarini olib borishni afzal deb bilaman dedi Atambaev.
Dunyoning ko’p davlatlarda, islomiy jangarilarga qarshi olib borilayotgan kurashlarga bir necha trillion dollor mablag’lar ketayapti. Biz G’arbdan, o’sha Suriya, Iroq, Liviya…. kabi davlatlarda sodir etilgani kabi urushlarni oldini olish maqsadida, bir necha o’n million dollor so’rasak, bermadilaring deb o’z iddaosini izxor etdi Atambaev.
Atambaev, Qirg’izistonga ta’sir quvvati bor yoki ta’sir ko’rsatishga xarakat olib borayotgan kuchli davlatlar orasida, ularning qaysi biri nimani xoxlayotganini anglay olmay qoldi. Yevropaga borishi oldidan, Islom va Musulmonlanga qattiq zarba bergandek bir necha xarakatlar yasadi. Balki Yevropa xam undan shunaqangi xarakatlarni kutayotgandir. Chunki Ukraina muammosi Yevropani urushga olib kirib ketishi mumkin. Shuning uchun u Qirg’izistonda Rossiya uchun yangi front ochish bilan, Ukraina masalasini bir oz engillatib olishni ko’zlayotgan bo’lishi mumkin. Balki Atambaevning ularga atagan bu tuxfasi ma’qul kelgandir. Chunki Yevronevs muxbiri, biz xam “islom davlati” tashkiloti xavfidan qattiq xavotirdamiz dedi. Bu bilan u Atambaev olib borayotgan, Islom va Musulmonlarga qarshi xarakatlaridan ma’qul va mamnun ekanligiga ishora qilgandek bo’ldi. Atambaev uni rozi qilish uchun, Qirg’iziston xavfsizlik qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, Islom diniga nisbatan yangi konseptsiyaning ta’siri xaqida aytib o’tdi. Go’yoki u, xozir ko’chalarda borayotib, ilgari juda ko’p uchrayotgan xijoblik ayollarni endi ko’rmayotganligini aytib maqtanmoqchi bo’ldi. Bu o’sha konseptsiyaning muvoffaqqiyatli ishlab chiqilganining nishonasi emish. Yodingizda bo’lsa, Arablardan Saudiyada pul so’rab yalinayotganida buning aksini aytib maqtangan edi. Endi Yevropadan olgan ilgarigi pullari uchun xisobot berayotib va yana yangi qarz olish maqsadida, Musulmonga mos kelmagan so’zlarni aytayapti.
Atambaev xijoblik ayollar xaqida prizident sifatida yana xato gapirdi. Chunki uning shu gapiga asoslanib, kuch struktura xodimlari islomiy xijob kiygan muslima ayollarga qarshi xarakatlarini yanada kuchaytira boshlashi mumkin. Oxirgi oylarda bir necha o’nlagan muslima ayollarni xar xil tuxmatlar bilan xibsga olishdi. Xatto ularning ichida 3 oylik chaqalog’i bilan birga Buruloy ismlik bir singlimizni qamab qo’yishdi! Yoshi 60 dan o’tgan, o’zi nogiron va qaramog’ida yosh nogiron qizi bo’lgan Sayramxon ejamizni 8 yilga ozodlikdan maxru etishdi! Kuch orgon xodimlari, Prizident o’ta yomon ko’radi bularni deb balki uning yo’lidan xijoblik ayollarni atayin majbur olib turishgan bo’lishsa xam ajab emas! Chunki prizident yuradigan yo’llarda jijoblik ayollar ko’rinmasligi mumkin emas. Axir bu muslimalar uning saylovchilari emasmi?! Ular Qirg’iziston qonunlari bilan, shu xijobi bilan birga ximoyalangan emaslarmi!? Buning bilan xijoblik muslimalar, Qirg’iziston fuqorolari sifatida, prizidentlarining konstitutsiyadagi ximoya garovidan maxrum bo’lishdi deb tushinishimiz kerakmi!? Demak Qirg’iziston fuqorosi sifatida bu mazluma bo’lgan muslimalar, Prizidentga kuch orgonlarining boshalamon xarakatlaridan shikoyat bilan murojaat qilishlaridan xech qanday naf yo’qmi?! Yoki prizident emotsiyaga berilib yana adashib ketdimi?!
Ayollarimizni xijobi bilan birga ximoyasi, biz musulmon erkaklar zimmamizda. Biz bu ximoyani, saylovda saltanatni berish bilan prizidentga omonat qilgan edik. Agar prizident Ayollarimizni ximoyasidan bosh tortsa, biz musulmon erkaklarga yana ularning ximoya qilish qaytadi va vojib bo’lib qoladi.