Saudiya Arabistoni boshchiligida Xusilarga qarshi boshlangan “Barqaror bo’ron” harbiy amaliyoti chog’ida koalitsiyaga oid harbiy samalyotlar Hajja shahridagi jamlog’ni nishonga olgani aytilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, hujum oqibatida tinch fuqarolardan 45 kishi halok bo’lgan va o’nlab kishilar og’ir jarohat olgan.
Hukumat kuchlari va Husilar o’rtasida yuz bergan to’qnashuv sababli Saba shahridan qochib chiqqan tinch musulmon oilalar Hajja shahridagi qochqinlar jamlog’ida istiqomat qilib kelayotgan edi. Hujum haqida koalitsiya kuchlari tarafidan hanuz biror bayonot berilmadi.
Saudiya Arabistoni boshchiligida uyushtirilgan hujumlarda Bahrayn, Qatar, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Marokash, Sudan, Iordaniya va Misr davlatlari ishtirok etmoqda. Misr qarashli to’rt harbiy kema Aden ko’rfaziga joylashtirilgan. “Daily Star” axborot agentligining xabariga ko’ra, Pokiston ham Husilarga qarshi harbiy amaliyot uchun Saudiya Arabistoniga askar yuboradi.
Sudan qurolli kuchlarining so’zchisi Islomiy majburiyatdan kelib chiqib bu hujumda ishtirok etayotganini izhor qildi. Uning da’vo qilishicha, musulmonlarning qiblasi tahlika ostida qolgan.
“Sudanning bu harbiy amaliyotga aralashuvi Islomiy masuliyat talabidir. Albatta, Sudan bunga jim qarab tura olmaydi. Chunki tahlika musulmonlarning qiblasi, vahiy va risolatning markaziga qaratilgan”, dedi Sudan qurolli kuchlarining so’zchisi.
Islomiy o’lkalarga qarashli harbiy samalyotlar va kemalar Falastinni ishg’ol qilib kelayotgan yahudiylarga hujum qilish o’rniga Yamanni er bilan yakson qilish uchun harakatga kelishdi. Aslida yahudiylar ularga Saba shahridan ko’ra ancha yaqinroq edi. Buning ustiga hech qanday bosqinga uchramagan musulmonlarning qiblasini himoya qilishni ro’kach qilish va ayni paytda yahudlar bosqiniga uchrab, yordam so’rab yig’lab faryod qilayotgan musulmonlarning ilk qiblasini e’tiborsiz tashlab qo’yish naqadar haqiqatga to’g’ri keladi?! Bugun Yamanda tinch aholini hujumga tutgan Musulmon davlatlarining harbiy samalyotlari o’tgan yili G’azodagi musulmonlar yahudlar tarafidan qirg’in qilingan paytda joyidan bir qo’zg’alib ham qo’yishga ham yaramadi. Vaholangki, Alloh Taoloning nazdida Ka’baning vayron bo’lib ketishi birgina musulmonning nohaq o’ldirilishidan ko’ra engilroqdir. Rosululloh s.a.v. aytadilar:
«لَهَدْمُ الْكَعْبَةِ حَجَراً حَجَراً أَهْوَنُ مِنْ قَتْلِ الْمُسْلِمِ»
«Aniqki, Ka’baning toshma-tosh buzilishi bir musulmonning o’ldirilishidan ko’ra engilroqdir».