Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Isroil boshvaziri Benyamin Netanyahu bilan tez-tez uchrashuv o’tkazib turganligini bildirdi. “Voshington post” gazetasiga intervyu bergan as-Sisi Misr va Isroil o’rtasida xavfsizlikka tayangan aloqa mavjudligini ochiqladi.
“Misol uchun Isroil bilan amalga oshirgan tinchlik bitimi Sino mintaqasining markaziy va sharqiy bo’limlarida Misr armiyasining mavjud bo’lishiga ruxsat bermaydi. Ammo ular ayni paytda bizning bu mintaqalarda harbiylarni kiritishimiz muammo tug’dirmasligini aytishmoqda. Bu ham dushmanlik va shubhalarni o’rtadan ko’tarilganligini ko’rsatadi. Agar Falastinda ikki davlatlik bir echim o’rtaga chiqadigan bo’lsa bu holat Isroil bilan boshqa arab davlatlari o’rtasida ham sodir bo’lishi mumkin”, dedi Misr prezidenti.
As-Sisi Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan tez-tez uchrashuv o’tkazib turganligini ta’kidlar ekan, “Falastinga doir tinchlik ta’minlansa, bu uning uchun ham, Isroil uchun ham tarixiy bitim bo’lib qolishini va bu mavzuda yordamga tayyor ekanligimni aytib o’tmoqchiman”, dedi.
As-Sisi Eron bilan davom etayotgan yadroviy dastur ustidagi bitimlar masalasida Isroilning xavotirlarini o’rinli baholashini urg’uladi.
AQSh hukumatini Misrdagi va mintaqadagi vaziyatni faqat uzoqdan kuzatib turganlikda ayblagan Sisi Voshington bilan Qohira o’rtasida aloqa muammosi borligiga ishora qildi.
“Mintaqada buyuk tahdidlar mavjud. Kechagina Liviyada yana besh nafar neft ishchisi o’g’irlab ketildi va o’ldirildi. Xo’sh, Amerika nima qilishi lozim edi? Siz esa faqat kuzatib turipsiz. Mamlakatimizda bo’layotgan hodisalar borasida haqiqiy suratni ko’ra olmayapsiz. Juda rivojlangan davlat emasmiz. Amerikaliklarning ko’zi bilan qaraydigan bo’lsangiz, sizning demokratiyangiz 200 yilda tiklandi. Bizga ham rivojlanish uchun muhlat bering. Shoshiladigan bo’sak, biz kabi davlat qulashi aniq”, dedi.