Qirg’iziston respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasining matbuot xizmati 19 mart kuni Botken viloyatida 16 nafar Hizb ut-Tahrir a’zosi faoliyatiga chek qo’yilgani haqida xabar tarqatdi. MXDQ ma’lum qilishicha, 2015 yilning 9 fevral kuni fuqaro M.Fga qarshi Qirg’iziston jinoyat kodeksining 299-2 (ekstremistik materiallarni sotib olish, tayyorlash,saqlash va tarqatish) moddasi bo’yicha qo’zg’atilgan jinoyat ishi doirasida MXDQ tomonidan diniy ekstremistik tashkilotga aloqador bo’lgan 16 shaxs aniqlangan.
Matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Botken viloyati bo’yicha MXDQ boshqarmasi xodimlarining Botken viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda 17 mart kuni gumondor shaxslarning yashash joylarida ruxsat berilgan tintuv olib borishi natijasida ikkita pistolet, 3 o’qdon, 37 patron, pichoq, 200dan ziyod kitob va broshyuralar hamda 300ga yaqin diniy mazmundagi DVD disklari topilgan.
Shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari mobaynida Hizb ut-Tahrirga aloqadorligi uchun avval qidiruvda bo’lgan Qadamjoy tumani turg’uni A.M ismli ayol ham qo’lga olingan.
Turkiston:
So’ngi vaqtlarda Qirg’izistonda sodir bo’layotgan ishlar, jumladan, kuch organlari tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamli amaliyotlarni boshlab yuborilishi va bu yo’lda asosiy e’tiborni qirg’iz jamiyati ichida katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan Hizb ut-Tahrir jamoasini yomonotliq qilishga jiddiy urinishlarni olib borilishi hamda Qirg’iziston hukumatiga tobe bo’lgan OAVlari kuch organlari tomonidan berilgan xabarlarni ko’r-ko’rona tarqatishlari Qirg’izistonda prezidentni ta’sir kuvvati qolmagani va barcha ishlar kuch organlari qo’liga o’tib ketganidan dalolat qilmoqda.
Bugungi kunda kuch organlari Qirg’izistondagi barcha ishlarni, jinoyat olamidan tortib, davlat tuzilmalariga kadrlar tayinlanishiga qadar barcha ishlarni o’z nazorati ostiga olib bo’ldi. Prezident ham o’z hokimiyatini saqlab qolish ilinjida ish jilovini kuch organlariga berish orqali o’z xalqi taqdirini ular qo’liga topshirib qo’ygan ko’rinadi.
Kuch organlari esa o’z navbatida xalqni qo’rquv ostida ushlab turish uchun islomiy tahdid va “IShID” vahimasini imkon qadar kuchaytirish orqali Islom dinini, xususan, Hizb ut-Tahrir nomini qora qilish maqsadida axborot hujumlarini kuchaytirib bormoqda. Bundan maqsad esa, Hizbni Qirg’iziston fuqorolaridan ajratib olish yoki uni xalq ko’z o’ngida jangari harakat olib boruvchi tashkilotlar bilan aralashtirib yuborish.
Butun dunyo ma’lumki, Hizb ut-Taxrir Islomni hayotga qaytarishni o’zi uchun g’oya deb belgilagan hozircha yagona islomiy, mabdaiy siyosiy uyushmadir. O’z maqsadi etish yo’lida Hizb ut-Tahrir payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam tariqatlariga qat’iy amal qilgan holda fikriy va siyosiy kurash olib boradi. Hizb tarixida mobaynida qulay vaziyatlardan foydalanib, ekstremistik (muayyan vaziyatlar paydo bo’lganda o’z aqida, dasturi yoki printsiplaridan voz kechib, vaziyatdan foydalanib olish) harakatlarga berilib ketish holati ro’y bergan emas. Bundan keyin ham Hizb fikriy vujud sifatida, hatto Xalifalik davlati soyasi ostida ham biror moddiy faoliyatga kirishishni o’zi uchun noshar’iy amal, deb biladi.