Qirol Salmon Saudiya xalqiga pul tarqatdi

0
449

Dunyoning bir qancha davlatlari byudjet taqchilligi va iqtisodiy muammolarni boshidan kechirayotgan bir paytda, Saudiya Arabistonida shu kunlarda umuman boshqacha holat hukm surmoqda. Taxtga yangi o’tirgan qirol Salmon bin Abdulaziz Saudiya xalqiga tarqatilishi uchun 32 milliard dollar ajratdi.

Qirol Salmon taxtga o’tirganligi munosabati bilan xalqqa tarqatish maqsadida ajratilgan 32 milliard dollar mamlakatlardagi shirkatlarga, ma’murlarga, ishchilarga, xorijda yoki mamlakat ichkarisida ta’lim olgan saudiyalik talabalarga tarqatildi. Jismoniy shaxslar naqd pul sifatida olayotgan yordamlardan mamnun ekanliklarini izhor qilishmoqda.

Saudiya Arabistonida qirol almashgandan so’ng xalqqa pul tarqatish an’anasi yangi boshqaruvga qaratilgan hamlalarga to’siq sifatida talqin qilinmoqda. Qirol Salmon taxtga o’tirishi bilan vazirlar o’rnini almashtirdi. Ammo xalqqa pul tarqatishni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Mamlakatda ish yuritayotgan ishchilar bir oyda ikki barobar maosh olishdi.

Yangi qirolning taxtga o’tirishi munosabati bilan tarqqatilgan 32 milliard dollar Afrikadagi eng yuqori iqtisodga ega Nigeriya davlatining bir yillik byudjetidan ortiqdir.

Iqtisodi neft ustiga qurilgan va dunyoning eng ko’p neft sotuvchisi bo’lgan Saudiyaning neft daromadlarida jiddiy kamomad yuz berdi. Neft narxining oshiqcha darajada pasayishi ortidan 2015 yilda neftdan olinadigan daromad avvalgi yillarga qaraganda 44,5 milliard dollar kam bo’lishi taxmin qilinmoqda. Bunga qirol Salmon tarqatgan 32 milliardni qo’shiladigan bo’lsa, Saudiya iqtisodida 2015 yilda 67,5 milliard kamomad bo’lishi kutilmoqda. Bu raqam Saudiya yalpi ichki maxsulotining to’qqiz foiziga tengdir. Saudiya hukumati bu kamomadni nima bilan yopishi hozircha aniq emas.

Izohlar yo'q