AQSh Iroqqa qurol etkazib berishni davom ettirmoqda

0
1178

“RIA Novosti” xabar qilishicha, AQSh hukumati o’tayotgan haftada Iroqqa umumiy qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etuvchi qo’shimcha qurol-yaroq etkazib bergan. Bu haqida Pentagonning rasmiy vakili polkovnik Stiven Uorren seshanba kuni xabar berdi.

Iroq qurolli kuchlariga jumladan, 10 ming dona “M-16” rusumidagi avtomat, shuncha miqdorda lazer nuri bilan nishonga olish moslamalari va o’q-dorilar etkazib berildi. “Reyter” agentligini xabar qilishicha, qurol etkazib berish jarayoni 22 kunda amalga oshirilgan bo’lib, bu belgilangan me’yorga qaraganda to’rt barobar tez hisoblanadi.

Uorrenning so’zlariga ko’ra, Iroq hukumati 15 fevral kuni AQShdan lazer orqali nishonga olish tizimlari bilan jihozlangan 232ta “Xellfayr” (Hellfire) rusumidagi raketalar olgan. Iroq hukumati o’tgan yilda ham bir yarim mingdan ziyod shunday raketalar olgan edi.

Turkiston:

Mustamlakachi AQSh hukumati Iroqni bevosita bosib olib Islom va musulmonlarga qarshi mislsiz jinoyatlarni sodir etdi. Uning makru hiylalari ortidan iroqlik musulmonlar shia va sunniyga bo’linib, hozirga qadar bir-birlari bilan qirpichoq bo’lib kelishmoqda.

Sodir etgan shuncha jinoyatlari kamlik qilganidek, AQSh hukumati “Islom davlati” tahdidini bahonasi bilan musulmonlarni bir-birlariga qarshi kurashishlari uchun ularni qurollantirishni davom ettirib kelmoqda. O’tgan 2014 yil oxirlarida AQSh hukumati Iroqdagi “Islom davlati” tashkilotiga qarshi kurashda nafaqat Iroq armiyasi va kurd ko’ngillilarini, shu bilan birga sunniy qabilalarning bo’linmalarini ham qurollantirish rejasini ishlab chiqqan va ularni qurollantirishga mablag’ ajratishga qaror qilgan edi.

AQSh sunniy qabilalarning bo’linmalari uchun umumiy qiymati 24 million dollarga teng bo’lgan qurol-yarog’ etkazib berish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Bu AQShning Iroqdagi “Islom davlati” tashkilotiga qarshi kurash doirasida iroqliklarga ko’rsatadigan harbiy yordamining kichik bir qismidir.

Barak Obama ma’muriyati ushbu dastur uchun 1 milliard 618 million dollar sarflashni rejalashtirgan bo’lib, buning 1 milliard 240 millioni Iroq armiyasi va xavfsizlik kuchlariga, 354 millioni esa kurd ko’ngillarini moliyalashtirishga yo’naltirilishi xabar qilingan edi.

Izohlar yo'q