Rossiya Qozog’iston bilan tuzgan harbiy bitimini yangiladi

0
676

Rossiya Qozog’istondan harbiy mashg’ulot o’tkazish maqsadida ijaraga olgan erlarning ijarasi uchun yangi bitimga imzo chekdi. Bu haqida RIA novosti axborot agentligi xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, Rossiya hukumati Qozog’iston bilan tuzilgan harbiy mashg’ulotga oid erlar ijarasining bitimini yangilashi ortidan ijara narxlari orzonlashtirilgan.

Ma’lumki, Rossiya 1990 yillardan boshlab Qozog’istonning Karaganda va Jambul viloyatlarida harbiy mashg’ulotlar o’tkazish uchun bir qancha erlarni ijaraga olgan edi.

Rossiya bosh vaziri Dimitriy Medvedov tarafidan berilgan bayonotda Qozog’istondagi harbiy mashg’ulot o’tkaziladigan “Sari-Shagan” mintaqasining ijara narxlari orzonlashtiriganligi bildirildi. Bayonotga ko’ra, 18 million 932 ming dollar qilib belgilangan ijara miqdori 2016 yilda 16 million 276 ming dollarga orzonlashtiriladi.

Shu mavzuga aloqador Rossiya hukumati tarafidan chiqarilgan boshqa bir bayonotda ma’lum qilinishicha, Qozog’istondagi 929 sonli harbiy mashg’ulot o’tkaziladigan erlarning ijara miqdori 4.454 million dollardan 3.081 million dollarga orzonlashtirilgan.

Rossiya Qozog’istondan harbiy mashg’ulot o’tkazish maqsadida ijaraga olgan erlarning ijara narxi orzonlatirilishiga oid xabarlar Rossiya vazirlar boshqarmasining rasmiy saytida ham e’lon qilindi.

Turkiston:

Qozog’iston, Rossiyaning janubiy darvozasi. Xuddi Ukraina va Belorusiya uning G’arbiy darvozasi bo’lganidek. Bu davlatlar, Rossiya uchun o’ta strotegik muxim axamiyatga ega. AQSh, G’arb davlatlarini Rossiyaga qarshi qo’ya oldi. Natijada Rossiya Ukrainani qo’lidan boy berdi. Dushmanlari o’zining darvozasi oldiga kelib qolishdi. Navbat Qozog’iston va Belorusiyaga etib keldi. Rossiya bu o’lkalarni o’z ta’siri ostida ushlab qolish uchun qanchalar xarakat qilayotgan bo’lsa. Bu davlatlar xam aksincha Rossiyaning saqofiy va iqtisodiy mustamlakasidan qutulishga jiddiy xarakat olib borishmoqda. Lekin vaziyat Qozog’istonni Rossiyadan uzulib olishiga yo’l bermaydi, xozircha albatta. Rossiya Qozog’istondan xuddi o’zining tashqi ximoya devori singari foydalanayotgan bo’lsa. Qozog’istonni xam, o’zi uchun Qirg’iziston, Afg’oniston, Xitoy va O’zbekiston kabi janubiy qo’shnilaridan, Rossiyaning xarbiy quvvatiga muxtojligi bor.

Xitoy zaif davlatlarni yamlamay yutib yuborishga tayyor kuchli davlat. Afg’oniston, doimiy urush xolatida turgan xavfli davlat. Qirg’iziston, bir necha katta davlatlar o’rtasida strotegik tolash xolatida turgan xavfli davlat. O’zbekiston esa, porox bochkasi kabi, o’ta xavfli, portlaganida xam butun O’rta Osiyoni parokanda qilib yuborishi mumkin bo’lgan strotegik axamiyatli davlat.

Shuning uchun Qozog’iston, yaqin, chegaradosh qo’shnisi bo’lgan Rossiyaning xarbiy mustamlakasidan ajrab chiqish uchun jiddiy xarakat qila olmaydi. U faqat Qozog’istonning shimoliy qismini deyarli egallab olgan Rus millati va o’sha erlardagi kuchli Rossiya saqofatidan o’ta xavotirda. Bu xududlar Nazarboevga, Ukrainani parchalanishida asosiy ro’l o’ynab turgan Lugansk va Donetsk oblastlarini eslatadi. Bu o’lkalardagi Rossiyaning saqofiy ta’siri va rusiyzabon millatlarning milliy tuyg’ulari asosiy va yagona ro’l o’ynadi. Shuning uchun Nazarboev, o’lkadagi boshqaruv strotegiyasini o’zgartirib, endi rus saqofati asosidagi elitadan emas, barki Qozoq milliy yo’nalishidagi yangi elitani ilgari sura boshladi. Nazarbaev, Qozoq millatini barcha millatlar ustiga olib chiqib, Rossiyani Qozog’istondagi saqofiy quvvatini sindirib yubormoqchi. U yaqinda O’ Osiyoda boshalamonlik boshlanadigan bo’lsa, Rossiya Qozog’istondagi o’zining saqofati ta’siri ostidagi elitadan foydalanib, Qozog’iston xududida o’zini ximoya kortonini tashkil qilishga xarakat qilishini yaxshi biladi. Bu esa Qozog’istonni parchalab yuborishi mumkin bo’lgan xalokatli xolatga olib borishi mumkin.

Izohlar yo'q