Nazarboev davlat xizmatchilarini kamtarlikka chaqirdi

0
428

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev hukumatning kengaytirilgan yig’ilishida davlat xizmatchilarini kamtarlik borasida o’rnak bo’lishga chaqirdi, deb xabar bermoqda BNews.kz portali muxbiri.

“Davlat xizmatchilari, barcha davlat kompaniyalari xodimlari kamtarlik va tejamkorlik borasida o’rnak bo’lishlari lozim”, deb aytdi Nazarboev.

Shuningdek, prezident davlat muassasalariga sarf-xarajatlarni kamaytirish yo’llarini ko’rib chiqishlarini buyurdi.

“Prezident ma’muriyatidan tortib tuman hokimlari, barcha vazirlar, milliy kompaniyalargacha bo’lgan davlat boshqaruvining barcha bosqichlarida faoliyat yuritadigan muassasalarga qaerlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish mumkinligini yana bir bor e’tibor bilan ko’rib chiqishlarini so’rayman”, deydi Nazarboev.

Turkiston:

Jahon bozorida neft narxini keskin tushib ketishi Qozog’istonni qiyin axvolga solib qo’ydi. Chunki, Qozog’iston iqtisodi asosan neftsavdosiga bog’liq bo’lib qolgan. Bundan tashqari AQSh va Yevropa davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan jazo choralari ham Qozog’iston iqtisodiga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli ham Nursulton Nazarboev hukumatning kengaytirilgan majlisida Rossiyaga qarshi qo’llanilgan jazo choralarini vahshiylik deb atadi.

Bundan tashqari o’sib borayotgan tashqi qarz ham Qozog’iston uchun jiddiy xavf tug’dirmoqda. Nafaqat Markaziy Osiyo respublikalari, balki postsovet respublikalari ichida tashqi qarzi eng ko’p bo’lgan Qozog’istonning tashqi qarzi 155,5 milliard dollarni tashkil etadi, bu esa Qozog’iston YaIMning 70 foiziga to’g’ri keladi.

Shuning uchun ham Nazarboev ortiqcha sarf-harajatlarni kamaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ammo Rossiya, AQSh, Xitoy va Yevropa davlatlari tomonidan iqtisodiy qo’llab turiligan vaqtda to’kin hayot va dabdabaga o’rganib qolgan amaldor va xodimlarni bunday cheklovlarni qabul qilishlari qiyin kechishi aniq.

Izohlar yo'q