Melilyada bojxonaga ega bo’lmagan chegara yo’llari orqali o’tkaziladigan Yevropa mahsulotlarini marokashlik muslima ayollar tashib berishadi. Og’ir yuklarni elkalarida Afrikaga tashib o’tadigan muslima ayollar Ispaniya tilida xachir ma’nosini anglatuvchi “Mule-Katır” nomi bilan ataladi.
Dunyoning eng eski mustamlakachi davlatlaridan hisoblangan Ispaniyaning Shimoliy Afrikada oxirgi ikki tuprog’i qolgan. Ular Marokash chegaralari ichidagi Melilya va Seuta mintaqasidir.
Xalqaro bitimlar doirasidagi noqonuniy savdoni oldini olish qaroriga muvofiq bu mintaqa chegaralaridan biror texnik vosita o’tishiga yo’l qo’yilmaydi. Shunga ko’ra ikki davlat o’rtasida bojxona ham yo’q. Insonlarning chegaradan o’tishi esa kichik-piyoda yo’llar orqali amalga oshiriladi. Chegaradan olib o’tilayotgan yuklar uchun soliq to’lash talab qilinmaydi. Chunki ular insonlar qo’lida o’tayotgan paket sifatida baholanadi.
Bu og’ir xizmatni qilishga shay turgan ayollar asosan bevalar yoki erlari ishlashga qodir bo’lmay qolgan ayollardir. Ular bir kunda 80 kilogacha bo’lgan yukdan ikki yoki uch marta chegaradan olib o’tishadi. Yelkalarida tashigan yuklari evaziga bir martada 3-4 evroni qo’lga kiritadi.
Marokashdagi AQShning savdo palatasi hisobotiga ko’ra, og’irligi 80 kilogacha bo’lgan yuklarni yoshi ellikdan oshgan muslimalarning kuchidan foydalanib elkada tashib o’tish adolatsiz tuzumga bir yilda 1.4 milliard dollar daromad olib keladi.