Misr Isroildan gaz sotib olmoqchi

0
494

Ulkan er osti tabiiy boyliklariga ega bo’lishiga qaramay, energetika sohasida taqchillikni boshidan kechirayotgan Misr davlati Isroildan tabiiy gaz sotib olishga tayyorgarlik qo’rmoqda. Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko’ra, AQShning “Noble Energy” energetika shirkatiga qarashli bir hay’at bir qancha uchrashuvlarni amalga oshirish uchun Misrga tashrif buyurdi.

O’rta er dengizidan chiqayotgan Isroil nazorati ostidagi “Tamar” gaz konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gazni Misrga sotish rejalashtirilmoqda. Bu tabiiy gaz zaxiralari ustidan Isroil nomidan AQShning “Noble Energy” energetika shirkati ish olib boradi. Tuzilgan rejaga ko’ra, bu erdan chiqarib olingan gaz Misrning Dimyat port shahrida joylashgan “LNG” tashkilotiga etkazib beriladi.

Isroilga qarashli “Delek Sondaj” energetika shirkatining ochiqlashicha, agar o’rtada bitim imzolanadigan bo’lsa 2017 yilning noyabr oyida Misrga tabiiy gaz etkazib berish ishi boshlanadi.

Misr o’tgan oyda tabiiy gazni import qilish borasida bir qancha bitimlarni imzoladi. Misr rasmiylarining bildirishicha Isroildan sotib olinayotgan tibiiy gaz uylarda va sanoat korxonalarida ishlatiladi. Ammo Isroildan tabiiy gaz import qilish borasida Misrning ba’zi e’tirozlari borligi aytilmoqda. Tarixda Misr va Isroil o’trasida uch marta jang bo’lib o’tgani bu e’tirozlarning asosiy sabablaridan biri sifatida ko’rilmoqda.

Isroil neft vazirligi Misrda o’tkazilgan uchrashuvlar Isroil gazini Misrga uzatish borasida yuritilgan texnik uchrashuvlar ekanligini ma’lum qildi.

Izohlar yo'q