AQSh prezidenti Barak Obama kongressga taqdim qilgan 2016 yilgi byudjet loyihasida belgilanishicha, AQSh hukumati 2016 yili Qirg’izistonga 45,6 million dollarlik moliyaviy yordam ajratadi.
AQSh hukumati tomonidan Qirg’izistonga ajratilayotgan moliyaviy yordamlar yildan-yilga oshib bormoqda, misol uchun 2015 yilda AQSh Qirg’izistonga 36,3 million dollarlik yordam ko’rsatishni mo’ljallagan.
Prezident tomonidan taqdim etilgan hujjatda belgilanishicha, AQSh tomonidan ajratiladigan yordam, mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishda ko’mak ko’rsatuvchi demokratik institutlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi.
Bundat tashqari, ajratiladigan yordamlar fuqarolik jamiyatini mustaxkamlash, qonun ustivorligini taxminlash, inson huquqlari va xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash hamda ta’lim sohasini rivoshlantirishga yo’naltirilishi belgilangan.
Turkiston:
O’tgan 2014 yilda Qirg’iziston parlamenti deputatlari Tursinboy Bakr o’g’li, N.Mamadaliev va N. Normatovalar tomonidan ilgari surilgan “Xorijiy josuslar to’g’risida”gi qonun loyihasini qabul qilmaslikni so’rab Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan 190ga yaqin nodavlat tashkilotlar 10 oktyabr kuni prezident, bosh vazir va ombudsmenga murojaat yo’llashgan edi. Ularning ushbu murojaatlari AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha o’rinbosari Daniel Rozenblyumning Qirg’izistonga rasmiy tashrifi arafasida e’lon qilingan bo’lib, murojaatnomada, “mazkur qonun loyihasi asosiy demokratik tamoyillarga zid ravishda kamsituvchi (diskriminatsion) me’yorlarni o’z ichiga olgan bo’lib, bu qonun qabul qilingudek bo’lsa Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy notijorat tashkilotlari imkoniyatlarini sezilarli ravishda cheklab qo’yishi” belgilab o’tilgan edi.
Rozenblyumning Qirg’izistonga qilgan tashrif ortidan bu qonun loyihasi o’z dolzarbligini yo’qotgan va parlament muxokamasida ko’pchilik depututlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmagan va Amerika Qo’shma Shtatlari “fuqarolar va fuqarolik jamiyatlari faoliyatini ayrim ko’rinishlarini cheklashlikka bo’lgan urinishlarni” Qirg’iziston parlamenti tomonidan rad etilishini olqishlagan edi.
2015 yil boshlanishi ortidan esa bir guruh qirg’iz muxolifati AQShga safar qilib, yuqori martabali mulozimlar bilan uchrashib qaytishlari ortidan AQSh prezidenti Barak Obama Qirg’izistonga ko’rsatiladigan moliyaviy yordamni oshirilishi haqida ma’lum qilmoqda.
Garchi rasmiy hukumat Rossiya bosimi ostida Qirg’izistondan nodavlat va notijorat tashkilotlarni badarg’a qilishni xohlasada, ammo ikki tomonni ham rozi qilish yo’lidan yurishga majbur bo’lmoqda.