Yevropa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining mushtarak qaroriga binoan hozirda Rossiyaga nisbatan amalga oshirilib kelinayotgan sanktsiya yana olti oy davom etadi. Yevropa ittifoqi yangi sanktsiyalar qo’llash yoki qo’llamaslik to’g’risida qaror qilgani yo’q. Biroq Gollandiya tashqi ishlar vaziri Bert Kunders Yevropa Ittfoqining Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanktsiyasini uzaytirish haqida qaror qabul qilinganligini birdirdi. O’z navbatida Rossiya ham bu sanktsiyalar javobsiz qolmasligini aytib keladi.
AQShning moliya vaziri Jeykob Lyu Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan Kievdagi uchrashuvida AQShning Ukraina borasidagi pozitsiyasini ma’lum qildi. Jeykob Lyuga ko’ra, AQSh hukumati Ukraina sharqidagi ziddiyatni Minsk kelishimiga muvofiq diplomatik yo’l bilan echish tarafdoridir. Aks holda Amerika Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish uchun yangi qadamlar tashlashi mumkin.
Jeykob Lyuning ma’lum qilishicha, keyingi haftada AQSh kongresida ko’rib chiqiladigan Amerikaning byudjet loyihasiga Ukrainaga yordam berish punkti ham qo’shimcha sifatida ko’rib chiqiladi. Vashington bilan Kiev o’rtasida ikki milliard dollar kredit berish haqida bitim mavjud.
Chоrshanba kuni kechki mahalda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbat o’tkazdi. Ukraina prezidentining saytida yozilishicha, telefon suhbatida Bayden Ukrainaning sharqidagi vaziyat davom etaversa Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar yana kuchaytirilishi mumkin, deb aytgan.
AQSh vitse-prezidenti Rossiya ochiq turda o’zining tinchlik bitimi haqidagi vazifasini buzayotganligini qo’shimcha qildi.