Qirg’izistonning qarzi YaIMning 57 %iga etdi

0
627

Qirg’iziston moliya vazirligi chiqargan ma’lumotga qo’ra, mamlakatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 57 %iga etgan.

Muassasalar aro ishchi guruh tarqatgan ma’lumotga ko’ra, hozirgi paytda Qirg’izistonning qarzi 3 milliard 800 million dollarga etib qolgan. Shundan 3 milliard 420 million dollari xorijiy davlatlardan olingan qarzlardir. Tashqi qarzning yarmidan ko’prog’i Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi va Osiyo taraqqiyot bankidan olingan qarzlarni tashkil qiladi. Shuningdek, Qirg’iziston katta miqdorda qarz olgan davlatlar safiga Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Turkiya kiradi.

Guruh rahbari Sanjar Bekenov bu dahshatli ko’rsatkich ekanligini aytib, davlat qarzlarning ishlatilishini nazoratga olish va uning to’lanishini ta’minlash bo’yicha chora ko’rmayotganligini tanqid ostiga oldi.

“Davlat tashqi qarz masalasini qanday hal qilmoqda? Qanday yo’llar mavjud? Bu savollarga hozircha javob yo’q. Bizda tashqi qarzlar yalpi ichki mahsulotning 60% idan oshmasligi haqida qonuniy cheklov bor. Hozir tashqi ishlar vaziri Lavrovaning aytishicha, 57%ga etib qolipti. Shunday bo’lsa-da davlat buni muammo o’rnida ko’rmay, chet o’lkalardan yangi-yangi qarz olishga majbur bo’lmoqda. Biroq nima uchundir, shu kungacha olingan qarzlarni davlat qaysi tarmoqqa ishlatib, qanday sarfladi, degan savolni hech kim o’rtaga tashlashni istamaydi. Mana shu olingan qarzlarni qaerga ishlatilgangligi haqida tekshiruv o’tkazish lozim. Uning qanchasi eyilib ketdi? Yoki eyilgan yo’qmi? Bularni nazoratga olib, keyin qo’shimcha qarz olsak yaxshi bo’lardi”, deydi Sanjar Bekenov.

Qirg’iziston tashqi ishlar vazirligining ma’lumaotiga ko’ra, davlat tashqi qarzining bir milliard dollarga yaqini Xitoydan olingan. Bu qarzlarning aksariyati energetika va yo’l qurilish ishlariga sarflangan. sobiq tashqi ishlar vaziri Aklbek Japarov Xitoydan olingan qarzlarning xatari haqida to’xtaldi.

“Keyingi paytda qarzlarning aksari Xitoydan olinyapti. Biz xalqaro sarf xarajat institutlaridan qirq yil muddatga 0.7-0.8 %ga qarz olgan bo’lsak, Xioydan olgan qarzlarimiz 3%gacha bo’lmoqda. Bu juda og’ir yuk. Ammo shunga qaramay, davlatimizning Xitoydan qarz olishga ishtiyoqi baland. Men ham qo’shnidan qarz olishga qarshiman. Chunki bu bizning xavfsizligimizga tahdid tug’diradi. Agar biz qarzni to’lay olmaydigan bo’lsak, kelajak avlodimiz uchun bu qarz og’ir meros bo’lib qoladi”, dedi Aklbek Japarov.

Mutaxassislarning bildirishicha, Qirg’iziston tashqi qarzlarining to’lovi taxminan yil sayin 100 million dollarga chiqishi mumkin. Sarf-xarajat bo’yicha mutaxassislar davlatni mana shu tashqi qarzlarni to’lashning qo’shimcha manbalarini aniqlash yo’l-yo’rig’ini ishlab chiqmaganlikda ayblashmoqda.

Turkiston:

Bu jiddiy muammo. E’tibor beraylik, Akaev prizident bo’lib turgan paytdan, Qirg’iz hukumati tashqaridan qarz ola boshlagan. Lekin bu qarzlarni bir somi ham uning yoki undan keyingi Bakievning zimmasiga tushgani yo’q. Qirg’iziston xalqiga tegishli yalpi ichki mahsulot zimmasida qoldi. Hozirda ham Prizident parlament va ministrlar o’zgarishlari amalga oshirilyapti, lekin iqtisodiy rivojlanish mexanizmi o’zgargani yo’q. Hali ham qarz olish, uni tasarrufoti, undan qutilish mexanizmlari oddiy xalqdangina emas, hatto siyosiy elitaning salmoqli qismidan ham sir tutib kelinadi. Qirg’izistondagi, pozitsiya yoki oppozitsiyadagi bir qator siyosiy kuchlarni, hokimiyatga undovchi yoki uni ushlab qolishga tish tirnog’i bilan harakat qildirayotgan manfaat ham, ana shu tashqi tashkilot yoki davlatlardan qarz olinayotgan mablag’larni tasarrufotidan, hiyonat yo’li bilan olib qolinayotgan qisimlaridir.

Tojikiston Xitoydan qarzi evaziga yoki naqd pulga o’z hududidan minglagan gaktar erlarini sota boshladi. Bu ish Qirg’izistonni ham chetlab o’tmaydi. Lekin hokimiyatni emas. Ular ketayotgan korruptsiyalik talon tarojlarda o’zlarini javobgar sezishmayapti. Faqat oqlanish hujjatlarini tayorlash bilan avvora bo’lishayapti. Bu esa ertami kech, yana xalq noroziligini keltirib chiqaradi. Shuni bilgan korruptsioner chinovniklar, o’z mablag’larini chet o’lkalarga olib chiqib keta boshlashdi. Ba’zilari sobiq gen prokuror A Salyanova singari o’z lavozimlaridan bo’shab, chet elga qochish payiga tushishdi.

Shularning hammasi, yakka shaxslarni almashtirish bilan, buzuq siyosiy elitani va siyosiy sitemani saqlab qolish oqibatidan kelib chiqdi. Endi dunyo buzuq sistemasi turar ekan, Qirg’iziston singari kichik davlatlarda, hokiyatda islohotlar yasash hech qanday natija bermaydi. Faqat o’sha xalqaro sistema tomonidan bizlarni turtib borayotgan jarliklardan xalqimizni ogohlantirib, u sistemaga qarshi kurashayotgan kuchlar bizning manfaatimiz uchun kurashayotganini his qilishimiz lozim. Holatimiz va salohiyatimiz darajasida u kuchlarga yordam berishga harakat qilishimiz kerak. Chunki Qirg’izistonning muammosi faqat xalqaro sistemaning nopokligidan. Undan qutilish ham, olamiy shu sistemaga qarshi olib borilayotgan Islom sistemasining mavaffaqqiyatiga chambarchas bog’liq. Negaki Qirg’iziston hozirgi holatida nafaqat muammolarini o’zi checha oladi, balki o’z chegaralarini ham himoya qila olmaydi.

 

Izohlar yo'q