Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ning bosib olingan Falastinda dastlabki tergov ishlarini olib borish to’g’risida qaroriga AQSh qarshilik bildirdi.
Vashingtonning bunday pozitsiyasini juma kuni AQSh davlat departamenti raisi Jeff Ratke ma’lum qildi. Jeff Ratke, AQSh Falastinni davlat deb hisoblamaydi, shuning uchun ham Falastin XJSga a’zo bo’lishi mumkin emas, -dedi.
Uning so’zlariga ko’ra, AQSh Falastinni Xalqaro jinoyat sudiga qo’shilishi mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashishiga olib keluvchi bir tomonlama tashlangan qadam sifatida baholaydi.
“Biz avalgidek XJS tomonidan Isroilga nisbatan har qanday chora ko’rilishiga qarshiligimizni bildiramiz, chunki bunday choralar tinchlikka erishish yo’liga zid deb hisoblaymiz”, – dedi Ratke.
Avvalroq AQSh hukumati Falastinni XJSga a’zo bo’lishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada izdan chiqishiga olib kelishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi, chunki bu tashkilotga a’zo bo’lish Falastin uchun Isroilga qarshi urish jinoyatlar bo’yicha da’vo arizasini kiritish huquqini beradi.
Joriy yil boshida Falastin muxtoriyati rahbari Maxmud Abbos o’tgan yilning yozida G’azo sektorida olib borilgan “Buzilmas qoya” operatsiyasi vaqtida Isroil tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarni tergov qilishni so’rab XJSga murojaat qilgan edi.
Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ning 2014 yil 8 dekabr kuni bo’lib o’tgan sammiti doirasida Falastinga kuzatuvchi maqomini rasman bergan va Falastin hukumati ham ushbu maqomni qabul qilgani haqida ma’lum qilgan edi. Gaaga shahrida joylashgan XJSga bugungi kunda 122 davlat a’zo bo’lib, mazkur mustaqil tuzilma urush jinoyatlari bo’yicha xalqaro doimiy tribunal hisoblanadi.
Xalqaro jinoyat sudining mazkur qarori ortidan Isroil hukumati XJSni tarqatib yuborishga erishish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqida Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman xabar berdi.
“Bu sharmandali qaror”, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.
Libarmanning so’zlariga ko’ra, Isroil “xalqaro maydonda ikkiyuzlamachilikni namoyon etayotgan va terrorizmni rag’batlantirayotgan sudni tarqatib yuborishga erishish uchun harakat qiladi”.
Turkiston:
Hizb ut Tahrir xalqaro qonunlarni rad qilish haqidagi fikrlarini tabanniy qilib, shunday deydi: xalqaro qonunlar, muayan kuchli davlatlar tomonidan ijro etiladi. Ya’ni biror davlat bu qonunlarni buzsa, katta davlatlar yoki etakchi davlat u davlatni jazolaydi. Lekin bu qonunlar katta davlatlar yoki etakchi davlatning o’zi tomonidan buzilsa, kim uni jazolay oladi? Xalqaro davlat bo’lmaganidek, xalqaro qonun ham bo’lishi mumkin emas.
Voqe’da ham Tarixda ham xalqaro qonunlarni, kuchli davlatlar zaiflarini ustida zulm qilish quroli bo’lib kelayotganiga guvohmiz. 11 sentyabr voqe’asi, AQSh Afg’oniston bilan Iroqni bosib olishida qaysi xalqaro sudning hukmini ijro etdi. Rossiya Qrimni bosib olishidachi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari. Hozirda Frantsiya olib borayotgan Musulmonlar ustiga yangi yurishlar. Shularning birortasi, xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshirilgan emas. Lekin kim, qaysi xalqaro tashkilot yoki sud buni tekshira oladi. Xalqaro tashkilot va sudlar, faqat kuchli davlatlarning kontselyariyasi singari ish olib borishadi. Ular o’sha davlatlarning o’z manfaatlaridan kelib chiqib tuzgan re’jalarini amalda ijro etib olishlariga qulayliklar yaratib berish uchungina mavjud bo’lib turishadi.
Demak, islomiy etakchi liderlar, xalqaro tashkilotlar yoki sudlardan yordam so’rab, har xil tashkilotlarga a’zo bo’lish bilan, biror bir muammoni echamiz deb umid paydo qilishlari, faqat o’z kreslolarida uzoqroq o’tirishlari uchun o’z fuqorolarini vaqtincha chalg’itishdan o’zga narsa emas. Buni biz Turkiya hukumatining qariyb yigirma yildan ziyod, YeIga a’zo bo’lsak hammasi yaxshi bo’ladi deb aldab kelganida ko’ra olamiz. BMT, SNG, ShOS, ODKB, YeI va hokazo shu singari tashkilotlarning birortasi umumiy manfaatlarni ko’zlay olmaydi. Chunki bularning har biri, muayan katta davlat tomonidan tuzilgan bo’lib, qonun va dasturlari ham o’sha davlatlar tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot esa, bu rezolyutsiyalardan chetga chiqa olmaydi, ularni ijro etilishini ham ta’minlay olmaydi. Bunga OPYeK tashkilotini AQSh Rossiyani parchalash operatsiyasida foydalanayotgani va ilgari SSSRni parchalashda ham undan foydalangani misol bo’la oladi. Dunyoda xalqaro qonunlar mavjud ekan, bu kabi nopok tashkilotlar uyushtirilaveradi, nopok siyosatchilarimiz ham bu tashkilotlardan xuddi kufr davlatlari kabi, o’z manfaatlari yo’lida birga foydalanib kelaverishadi.