Qirg’iziston janubiga gaz etkazib berishini qayta tiklanishi evaziga Rossiya O’zbekistoning 3 milliard dollarlik qarzidan voz kechgan

0
428

“Vecherniy Bishkek” gazetasining hukumatdagi o’z manbasiga tayangan holda xabar qilishicha, Qirg’iziston janubiga gaz etkazib berishni qayta tiklash to’g’risidagi kelishuvga aslida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Islom Karimov o’rasida bo’lib o’tgan uchrashuv vaqtida erishilgan.

Nashrning yozishicha, Qirg’izistonga gaz etkazib berilishi evaziga Rossiya O’zbekistonning 3 milliard dollarga yaqin qarzidan voz kechishga rozi bo’lgan.

“Sovet ittifoqi parchalanganidan so’ng O’zbekiston Rossiyadan qarz bo’lib qolgan va bu qarz mustaqillik yillarida ham to’lanmagan. Dastlab O’zbekiston gaz etkazib berish evaziga qarzdan voz kechishni talab qildi. Shu sababli ham rasmiy Toshkent mazkur masalada qirg’iz hukumati bilan har qanday muzokaralardan bosh tortib keldi”, – dedi manba.

28 dekabr kuni yil yakuni bo’yicha bo’lib o’tgan matbuot anjumanida prezident Almazbek Atambaev so’zlagan nutqida mamlakatning janubiy viloyatlariga gaz etkazib berish faqatgina 2015 yilning kuz oylariga borib qayta tiklanadi, degan edi.

30 dekabrga kelib gaz etkazib berishni qayta tiklanishi mamlakat janubiga gaz etkazib berishni qayta tiklanishida prezidentning hech qanday ishtiroki yo’qligini va hatto bundan xabari ham bo’lmaganini ko’rsatib turipti.

Ammo rasmiy hukumat namoyondalari bu ishda Almazbek Atambaevning ishtirok etganini isbotlashga harakat qilishmoqda.

Yoqilg’i-energetika majmuasini tartibga solish bo’yicha davlat agentligi direktori Nurbek Elbaevning “Kabar” agentligiga bergan ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Almazbek Atambaev iltimosiga binoan gaz bilan bog’liq muammoni xal etishga yordam bergan.

Uning so’zlariga ko’ra, o’tgan yilning 30 dekabrida Rossiyaning “Gazprom” shirkati o’zining “Gazprom Schwiz AG” shirkati orqali O’zbekiston bilan Qirg’iziston janubiga gaz etkazib berish bo’yicha shartnoma tuzgan. Bu shartnomaga muvofiq kuniga 100 ming kub metr gaz etkazib beriladi. Ushbu masala Rossiya prezidentining O’zbekistonga ishchi tashrifi chog’ida xal etilgan.

“Bungacha bizning prezident Rossiyaga qilgan safari chog’ida mazkur masalani ko’targan edi”, – dedi Nurbek Elbaev.

Izohlar yo'q