Sharqiy turkistondagi vaziyat Suriyadan ham yomon

0
743

Suriyada Asad rejimiga qarshi kurashayotgan uyg’ur turklari Shinjon mintaqasidagi yashash shart sharoitlari Suriyadagi vaziyatdan ko’ra ancha og’ir va dahshatli ekanligini bildirdi.

Xitoyning shimolida joylashgan Shinjon mintaqasida boshlariga kelgan zulmlar tufayli Suriyaga ko’chib ketgan bir guruh uyg’ur turklari suriyalik mujohidlar safida turib Asad rejimiga qarshi jang olib bormoqda.

Turkiston Islom partiyasiga bog’liq guruhlarning Suriya masalasi bo’yicha mas’uli Ibrohim Mansur Suriyada janglar davom etayotganiga qaramay, u yoqqa ko’chib ketayotgan uyg’urlar Suriyadagi vaziyatni Xitoydagi vaziyatdan afzal bilayotganliklarini qayd etdi.

“Hech kim tug’ilib o’sgan tuproqlarni tark etib urush bo’layotgan joylarga ko’chib ketishni istamaydi. Ammo Sharqiy Turkistondagi hayot – ishonavering – urush bo’layotgan joylardan ham yomonroqdir. O’z vatanlarimizda masjidlarga bora olmaymiz, yosh qizlarimiz o’z oilasidan bir necha chaqirim uzoqlikda, begona joylarda ishlashga majbur qilinadi. O’z fikrlarini oshkor qilgan ziyolilarimiz va siyosatchilarimiz qiynoqlarga solinadi. Shunday ekan, biz butun oilalarimiz bilan Suriyaga hijrat qildik. Birodarlarimiz bilan hamjihat bo’lish va o’z hayotimizni o’zligimizdan kelib chiqib qurish uchun bu erga ko’chib keldik. Ayni paytda Asad rejimiga qarshi jang qilar ekanmiz, uning asosiy dastakchilaridan bo’lgan Hitoy bilan ham jang qilayotgan bo’lamiz”, dedi mas’ul.

Shuningdek, Ibrohim Mansur bir vaqtlar Xalifalik davlati jilovini qo’lda tutib kelgan turk xalqidan uyg’urlarni yordamsiz tashlab qo’ymasliklarini so’radi.

“Turk xalqi olti yuz yil musulmonlarga etakchilik qildi. Turkiyadagi musulmon birodarlarimizdan Suriyadagi va Sharqiy Turkistondagi birodarlariga yordam qilishlarini umid qilamiz. Biz Turkiyadagi musulmon birodarlarimiz bilan dindosh va qondoshmiz. Shu sababli turk xalqidan Sharqiy Turkistondagi birodarlari bilan elkama elka turishlarini istaymiz”, dedi Ibrohim Mansur.

Turkiston:

Ibroxim Mansurning yuqoridagi “Ayni paytda Asad rejimiga qarshi jang qilar ekanmiz, uning asosiy dastakchilaridan bo’lgan Hitoy bilan ham jang qilayotgan bo’lamiz”, degan so’zlariga qo’shimcha qilib shuni aytamiz: – Nafaqat Xitoy, balki butun kufr sistemasi ostidagi musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan zulmlarni oldini olish uchun, nafaqat Asadga qarshi va nafaqat jixod yo’li bilan, balki imkoniyatimiz darajasida, shar’iy munosib uslublar bilan, erkagu ayol, yoshu qari birortamizni istisno qilmagan xolimizda Asad singari xoinlarning xomiylari bo’lmish kufr sistemasiga qarshi kurashishga chaqiramiz. Negaki Payg’ambarimiz SAV “munkarni ko’rsalaring qo’llaring bilan qaytaringlar, qodir bo’lmasalaring tillaring bilan, unga xam qodir bo’lmasalaring dillaringda nafrat bilan turinglar zero bu iymonning eng zaifidir” dedilar. Zulm faqat moddiy ochiq shaklda bo’lmaydi. U e’tiqodiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ijtimoiy, ta’lim tarbiya tizimi kabi tarmoqlarning barchasida mavjud. Bu zulmlarga biz musulmonlar ko’nikib qolganimiz bilan, ularning ba’zilari, ustilarimizdagi qatli ommdan ko’ra yomonroqdir. Shuning uchun Xizb ut Taxrir ummatni, ustilarimizdagi zulmlarni xis qilishga va uning asoslarini bilib, ularni uloqtirib tashlash uchun Payg’ambarimiz SAVning siyratlariga asoslangan ta’riqat asosida xarakatlanishga chaqiradi. Faqat manashu siyrat atrofida birlashishimiz va bir ummat bo’lib, bir ta’riqatni maxkam ushlab, kufrning nayranglarini anglagan xolimizda bir tomonlama xarakatlanishimiz bizlarga g’alaba olib keladi. Uyg’uriston bizlarning bir qismimiz, ularning ustida borayotgan xar qanday zulm bizlarning ustimizga tushdi deb bilamiz. Ollox butun er yuzidagi mo’min musulmonlarga ofiyat, sabr va nusrat bersin. O’rtalarimizdagi sun’iy chegaralarni bizlarning qo’llarimiz bilan ochib tashlasin. Eng asosiysi, Ollox bizlarni mazlum zaif va zaifalarni kufrga tashlab qo’ygan fosiqlar turkumidan qilib, qiyomat kuni yuzlarimizni qora xolatda tiriltirmasin Amiiin.

 

Izohlar yo'q