Qatar amiri Hamad as-Soniy Turkiyada

0
460

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad as-Soniy rasmiy safar bilan Turkiyaga keldi. Uchrashuvlar chog’ida birinchi o’rinda Suriya masalasi, so’ngra iqtisod va energetika masalalari bo’yicha muzokaralar olib borildi. Ikki rahbar yopiq eshiklar ortida va hay’atlar orasida uchrashuvlar o’tkazgandan so’ng o’rtadagi qator bitimlarga imzo chekildi va matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida Qatar – Turkiya o’rtasida oliy darajadagi qo’mita tashkil qilindi va harbiy hamkorlik qilish haqidagi bitimlarga imzo chekildi.

“Imzolangan bitim yordamida bundan keyingi davrlarda ham bir qancha ishlarni hamkorlikda amalga oshirishimizni aniq belgilab olgan bo’lamiz… Yuqori darajali qo’mita tashkil qilinishi ham muhim ahamiyatga ega”, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan.

Qatar va Turkiya har zamon bir biriga tayanch bo’lib kelganligini aytib o’tgan Erdogan ikki davlat o’rtasidagi aloqalar kelajakda ham davob etishini bildirdi.

“Hech bir mavzuda ixtilofga bormadik. Har zamon bir birimizga tayanch bo’lib keldik, mazlumlarning yonida bo’lishni ham birgalikda tanladik. Bundan so’ngra ham shu tarzda davom etamiz. Iroq va Suriyadagi hodisalar rivoji Falastin, Liviya, Tunis va Qibris ustida muhokama yuritish imkonini berdi. Hamkorligimizni barqaror davom ettiramiz”, dedi Erdogan.

Qatar amiri ham ikki davlat o’rtasidagi aloqalar va erishilgan yutuqlar haqida so’z yuritar ekan, Suriya masalasi hamon echimsiz qolayotganiga urg’u berdi.

“Suriya masalasi hal etilishi tarafdorimiz. Ammo echimdan darak yo’q. Bu echim faqat xalqning yonida turish bilan bo’ladi”, “Bilganingiz kabi, bir qancha tahlikali guruhlar mavjud”, dedi Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad as-Soniy.

Izohlar yo'q