Obama yangi qonun loyihasini imzoladi

0
434

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirish hamda Ukrainaga qurol-yaroq va boshqa yordamlar olib kirishni o’z ichiga olgan “Ukraina ozodligini qo’llab quvvatlash”, nomli qonun loyihasini imzoladi. Biroq Oq uy axborot bo’limining bildirishicha, Barak Obama Rossiyaga qarata yangi sanktsiyani darhol amalga oshirish niyatida emas. Yangi qonun orqali prezident Obama sanktsiyadan tashkari Ukrainaga to’g’ridan-to’g’ri harbiy yordam berish huquqini ham qo’lga kiritadi. Ikki yil davomida Ukrainaga harbiy va insoniy yordam ko’rsatish uchun AQSh byudjetidan 350 million dollar ajratildi.

Bu sanktsiyalarni AQSh kongresi o’tgan hafta qabul qilgan edi. O’shanda Oq uyning matbuot vakili Josh Ernest “qonun loyihasini ayrim hamkorlarimiz yoqtirmasalar ham baribir Prezident Obama bu loyihaga imzo chekadi”, deb aytgan edi.

Obamaga ko’ra, AQSh Rossiyaning harakatlariga va Ukrainadagi vaziyatning o’zgarishiga qarab sanktsiyalarni joriy qilish masalasini o’zining Yevropadagi ittifoqdoshlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Agar Rossiya o’z shashtidan qaytsa, Obama sanktsiyani to’xtatishga tayyor.

“Avvalda aytib o’tganimizdek, Rossiya kerakli qadamlarni tashlasa, biz sanktsiyalarni to’xtatishga tayyormiz”, dedi AQSh prezidenti.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Rim shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvlarida Ukrainada masalasi hal qilinsa, sanktsiyalar bir neche haftada olib tashlanadi deb bildirgan edi.

Mutaxassislarning bildirishicha, Rossiyaga karata joriy qilingan sanktsiyalar va neft bahosining pasayishi Rossiya rublining kundan kunga qadrsizlanishiga olib kelgan asosiy sabablardan biridir.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yuzlagan mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirok etgan matbuot yig’inida Rossiya iqtisodini barqarorlashtirish uchun chora tadbirlar ko’rilayotganini bildirdi. Putinning ochiqlashicha, Rossiya iqtisodi qayta oyoqqa turish uchun ikki yil vaqt ketishi mumkin.

Rossiya prezidenti jurnalistdardan birining “Rossiyaning agressiv siyosat yuritayotgani” haqida bergan savoliga javob berayotib AQShni tanqid ostiga oldi. “Rossiya o’zining manfaatlarini himoya qilish uchungina harbiy mashg’ulotlar o’tkazmoqda. Rossiya samalyotlari SSSR qulagandan buyon 19 yil mobaynida bunday manevrlarni o’tkazgan emas. AQSh esa uzoq-uzoq mintaqalarda ham tinimsiz manevrlar o’tkazib kelyapti”, “Rossiyani tashqi davlatlarda ikkita harbiy bazasi bor. Biri Qirg’izistonda, ikkinchisi Tojikistonda. Afg’onistondan jangarilar Qirg’izistonga bostirib kirgandan keyin qirg’iz tarafning iltimosi bilan u erga bazamizni joylashtirganmiz. Bu mintaqadagi barqarorlikdan g’arb ham manfaatdor. Ammo AQShning harbiy bazalari dunyoning barcha joylarida bor. Endi aytingchi, bu erda qaysi taraf agressiv siyosat yurgizyapti”, deya savol tashladi Putin.

Turkiston:

Obaming yuqoridagi “Ukraina ozodligini qo’llab quvvatlash” deb nomlagan qonun loihasi, Ukrainani kerak bo’lsa Rossiyaga qarshi urushga tayorlash maqsadi ostida ishlab chiqilgan.

Rossiya kerakli qadamlarni tashlasa sanktsiyalardan yoki kutilayotgan urushdan qutulib qolishi mumkinmi degan Abamaning va’dalariga Putin “yo’q” deb javob qildi. U jurnalistlar bilan uchrashuvda “ular to’xtamaydi, ular bizning hududlarimizga tahdid solishga tayorlanishmoqda” kabi so’zlar bilan Abamaga ishonmasligini ifoda qildi.

Rossiyadan talab qilinayotgan va u tan olishi lozim bo’lgan holat qanday holat. Albatta Qrimni Ukrainaga qaytarish masalasi. Bu esa, Rossiyaning to’la taslim bo’lishi bilangina echilishi mumkin bo’lgan masala. Bu hatto Putinning rejimi qulashi bilan echilib qoladi deganlar ham adashadigan, balki bu Rus xalqini boshqarishdagi asosiy fikriy etakchilikka aylanib borayotgan masala. Rus xalqi Qrim masalasini o’zining ichki masalasi va unga nisbatan tashqi aralashuvlarning barchasi uning ichki ishiga aralashuvi deb e’tibor qiladi. Putinning rejimi ham, fuqorolardagi shu ong sezimni kuchaytirishga qattiq harakatlar olib borishmoqda. Hatto ilgari, birortasining mulohazasini e’tiborga olmay, o’z bilgani bilan vaziyatlarni ko’rib turgan ahvolga olib kelgan Putin, endi shu vaziyatlardan qutulish masalasida rus ekspotrlari, siyosiy arboblari va hatto xalqni G’arb mustamlakachilariga qarshi qattiq yo’naltirishga urunmoqda. Bunda u xalqning milliy va vatanparvarlik tuyg’ularidan foydalanib, ularning boshiga tushib borayotgan barcha ofatlarda faqat G’arb olami ayibdor deya uqtirib kelayapti.

Har ikki tomonning tutgan pozitsiyasi ham, bir biriga nisbatan o’ta rodikal talablar bilan keskin qarama qarshi qo’yilgan. Demak sovuq urush holati uzoq davom etishi mumkin. Bahor kelishi bilan Putinning rejimi uchun qiyin holatlar kelishi aniq. Muxolif kuchlar, yuqorida rus xalqi boshiga tushib borayotgan ofatlarda Putinni ayblay boshlaydi. Uning qulashi Rossiyaning vaziyatdan qutulib qolishi muddatini bir oz qisqartirishi mumkin. Lekin bu albatta Rossiyaning xalqaro siyosatdagi buyuklik da’volaridan voz kechishi va hatto bir necha bo’laklarga bo’linib ketishiga olib ketishi mumkin. Nima bo’lganida ham, u endi ko’proq agrar davlatlar safida bo’lib qolganini tan olishi kerak.

Urush, bu ham Putinning rejimi uchun taxtda uzoqroq turib qolish uchun qaralgan variantlaridan biri. Hozir ular butun quvvatini Rossiyaning holatini o’nglash uchun emas. Balki o’z rejimini saqlab qolishga sarflashadi. Bahordagi noroziliklarni zaiflashtirishi mumkin bo’lgan holatlardan biri, Rossiyaga nisbatan bosqinchilik urushi. Shuning uchun Putin jurnalistlar olidagi chiqishini, qo’rqmay G’arb olamini o’ziga provokatsiya qilishi mumkin bo’lgan ohangda olib bordi.

Izohlar yo'q