Obama: Asadni iqtidordan chetlatish niyatimiz yo’q

476
0

 Avstraliyada tashkil qilingan “Katta yigirmatalik” (G20) yig’ilishida yopilish nutqini so’zlagan AQSh prezidenti Barak Obama Suriyaga doir rejalari haqida ma’lumot berdi. Obamaning bildirishicha, AQSh hukumatining Bashar Asadni iqtidordan chetlatishga doir rejasi yo’q va bu mavzu kun tartibiga ham kiritilmagan.

 AQSh prezidenti Barak Obama o’z xalqini qirg’in qilgan Asadning qonuniyligi tamomiga etganligiga urg’u berar ekan, “… Ammo uni iqtidordan uzoqlashtirish kabi bir rejamiz yo’q, men bu haqida hech ham og’iz ochmadim”, deya ta’kidladi.

 “Katta yigirmatalik” yig’ilishi ortidan tashkil qilingan matbuot anjumanida AQSh prezidenti jurnalistlarning Suriya haqidagi savollariga javob berdi. Obamaning jurnalistlarga bildirishicha, bu yig’ilishda Suriya masalasi to’liq shaklda ko’rib chiqilmagan. Ammo tashlanayotgan qadamlarning foyda bergan yoki bermaganligi ko’rib chiqilgan.

 Suriya prezidenti Bashar Asadning yuz minglagan odamni qatl qilganligi va qonuniyligini yo’qotganligini yana bir takrorlab o’tgan Barak Obama “Asadga nisbatan tutgan pozitsiyamizda biror bir o’zgarish yo’q”, deya urg’uladi.

 Bundan Avval “CNN” telekanali AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriya borasida yangi rejasi borligini ochiqlagan edi. Telekanalning xabariga ko’ra, AQSh prezidenti Suriyada siyosiy o’zgarish bo’lmay turib, ya’ni Bashar Asad bartaraf etilmay turib IShID ustidan g’alaba qozonish mumkin emasligini olg’a surgan. Oq uyda o’tkazilgan 4 marotaba uchrashuvda “Bizning Suriya borasidagi strotegiyamiz qanday bo’ladi”, degan masala o’rtaga tashlangani aytiladi xabarda.

 “Katta yigirmatalik” yig’ilishiga ishtirok etish uchun Avstraliyaga kelgan Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li ham AQShning Suriya bo’yicha yangi strotegiyasini olqishlashini bildirdi. Matbuot anjumanida jurnalistlarning savoliga javob bergan Dovuto’g’li “bu Turkiyaning asosiy fikrlariga yaqinlashayapti deya olasizmi?”, degan savolga “Albatta, albatta”, deb javob berdi.

 “Bu xabarni men ham ko’rdim. Obama bilan bugun uchrashgan paytimda bu mavzu ustida albatta gaplashamiz. Xabarning mazmuniga qaraganda, to’g’ri mavzu, to’g’ri yaqinlashuvni ko’rsatmoqda”, dedi Dovuto’g’li.

 Ammo Oq uy vakili Obamaning Suriya borasida yangi strotegiyasi borligi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini ochiqladi. Obamaning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisining yordamchisi Ben Rods Voshingtonning IShIDga qarshi kurash uchun Suriya bo’yicha olib borayotgan strotegiyasini o’zgartirish haqida fikri yo’qligini bildirdi.

 “Suriya bo’yicha siyosatimizda hech bir strotegik o’zgarish yo’q, bor bo’lgani IShIDni zayiflashtirib va nihoyat uni yo’q qilish uchun harakatlarni jadallashtirishdir”, dedi Ben Rods matbuot brifingida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.