Sud zulmiga politsiya zulmi qo’shimcha bo’ldi

0
441

18-30 sentyabrda amalga oshirilgan “Sud zulmiga to’xta de” nomli kompaniya nafaqat Turkiyadagi musulmonlar, balki dunyoning bir qancha davlatlaridagi musulmonlarning ham dastagiga sazovor bo’ldi. Katta e’tiborga molik bo’lgan kompaniyaning ikkinchi bosqichi, ya’ni sud zulmini to’xtatish uchun imzo to’plash bosqichi boshlangan edi.

Turkiya poytaxti Anqara shahrida Hizb-ut Tahrir yigitlari “Sud zulmiga to’xta de” kompaniyasi doirasida imzo to’plash uchun joylar tashkil qilganligi sababli politsiya tarafidan qo’lga olindi.

Hizb-ut Tahrirga a’zo bo’lgan musulmonlarga nisbatan sud zulmlari davom etayotgan paytda bunga politsiya zulmi ham qo’shimcha bo’ldi. Politsiya xodimlari hech qanday ogohlantirishsiz ygitlarni qamoqqa olishni boshladi. 6 kishi qo’lga olindi. Bu hodisadan xabar topgan musulmonlar davlat xavfsizlik idorasining oldiga to’planishdi. Odamlar oldiga chiqqan milliy xavfsizlik mudiri “ularni qaysi jinoyati uchun qamoqqa oldingiz”, degan savolni javobsiz qoldirdi.

Hizb-ut Tahrirning faol yigitlaridan biri Toha Kumush yig’ilganlarga, jumladan hodisa joyiga etib kelgan jurnalistlarga hodisa haqida izoh berdi. Kushushning bildirishicha, musulmonlarga nisbatan bunday zulmlar uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda. Ammo bundan buyog’iga musulmonlar ham qo’l qovushtirib o’tirmaydi.

“Imzo to’plashdan maqsadimiz Hizb-ut Tahrirga nisbatan olib borilayotgan sud zulmidan barcha insonlarni xabardor qilishdir. Bugun politsiya xodimlari imzo to’playotgan birodarlarimizning yoniga kelib, sizning bu ishingiz qonunga zid deya, ularni qamoqqa olishdi. Vaholangki bu ishni hech qanday qonunga zid joyi yo’q. Mana ko’rib turibmiz, qommunistlar hech qaerdan ruxsat olmay o’z fikrlarini tarqatishyapti. Ular uchun hech qanday qamoqqa olishlar yoki tazyiq o’tkazishlar yo’q. Ammo musulmonlar o’zlariga etayotgan zulmni tinch holatda insonlarga tushuntirishni istasalar politsiyachilar ularni qomoqqa olishadi. Biz sud zulmini tushuntirayotgan edik, bunga politsiya zulmi ham kelib qo’shildi. Hizb-ut Tahrirga nisbatan 10 yilga yaqin davomli ravishda bosqinchilik amaliyotlari amalga oshirildi. Shu vaqtgacha birodarlarimizga nisbatan amalga oshirilgan zulmlarni ichimizga yutdik, hech kimga hech narsa demadik. Yetar endi! Bundan buyog’iga zulmlarga jim qarab turmaymiz. Birodarlarimizni ozod qilgunlarigacha bu erni tark etmaymiz”, dedi Toha Kumush o’z noroziligini izhor qilib.

Yig’ilgan musulmonlarning soni tobora orta boshladi. Ular qamoqqa olingan birodarlari qo’yib yubrilmagunicha u erdan ketmaslikliklarini bildirishdi. Tezkor guruh va yuzlagan politsiya yig’ilganlarni o’rab olishdi. Biroq musulmonlar o’z talabida qattiq turishgandan so’ng qo’lga olinganlar qo’yib yuborildi. Musulmonlar o’z birodarlarini takbirlar bilan qarshi olishdi. Qisqa bir duodan so’ng odamlar tarqala boshladi.

Izohlar yo'q