Islomiy ramz uchun jarima

0
466

2014 yilning 7 noyabr kuni “Sud ekspertizasi va huquq to’g’risidagi portal”da (www.ceur.ru) Qozon shahrida yashovchi Ilnor Zalilov o’z shaxsiy avtomobilida shahodat kalimasi tushirilgan bayroqni joylashtirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani to’g’risida xabar chop etildi. Huquqni muxofaza qiluvchi idoralar qozonlik fuqaro harakatlarini Hizb ut-Tahrir siyosiy partiyasining ramz va atributlarini qasddan ommaviy namoyish etish sifatida baholadi. Qozon shahar Sovet tuman sudi Zalilovni ma’muriy jazo kodeksining 20.3 modda 1 qismi (ekstremistik tashkilotlar ramz va atributlarini ommaviy namoyish etish) bilan aybdor deb topdi va jarima belgiladi. Shuningdek portal adolatli ravishda “Rossiya Hizb ut-Tahrir partiyasini terroristik tashkilot deb hisodlaydigan yagona davlat” ekanligini belgilab o’tdi.

O’z navbatida biz mazkur sud qarori naqadar be’mani ekanligini ko’rsatib o’tmoqchimiz. Bayroq haqida so’z borar ekan, u Islom diniga taalluqli bo’lib, bunga payg’ambarimiz Muhammad sollallohi alayhi va sallam hayotidan ochiq dalillar mavjud. Islom bayrog’i qanday bo’lganligini bilmoqchi bo’lib shar’iy matnlarga murojaat qilgan har qanday kishi, ular musulmon birodarimiz avtomobilida aks etgan bayroq bilan naqadar o’xshash ekanligiga iqror bo’ladi.

Islom bayrog’i barcha musulmonlarga tegishli bo’lib, na Hizb ut-Tahrir va na boshqa islomiy jamoalar hech qachon bu faqat o’zlarigagina tegishli bo’lgan ramz ekanligini da’vo qilishmagan. Hizb ut-Tahrir partiyasi tomonidan bu bayroqlardan foydalanish, islomiy partiya uchun tabiiy bo’lgani kabi, ularni har bir musulmonda bo’lishi tabiiy hisoblanadi. Shu sababli ham Qozon shahar Sovet tumani chiqargan qaror islomiy ramzlarga qarshi kurash va Hizb ut-Tahrirni obro’sizlantirishga harakat intilishdan boshqa narsa emas.

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

08.11.2014 yil

Izohlar yo'q