Tijorat mollariga zakot berishning batafsil dalillari to’g’risidagi savolga javob

513
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Bilal Abu Munsharning tijorat mollariga zakot berishning batafsil dalillari to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Biz tijorat mollari zakot beriladigan narsalar turiga kiradimi yo ra’y va ijtihod qilinadigan narsalar turiga kiradimi, shuni tushuntirib bersangiz, degandik?

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Tijorat mollari ra’y va ijtihod turiga kirmaydi, balki bu borada «Xalifalik davlatida mollar» kitobining 164 sahifasida mufassal dalillar bayon qilingan:

Foyda olish maqsadida puldan tashqari sotib olish va sotish orqali tijorat qilinadigan narsalarning barchasi tijorat mollaridir. Ularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy jihozlari, sanoat mollari, hayvon, metallar, er va binolar, shuningdek bulardan boshqa sotib olinadigan va sotiladigan narsalar kiradi.

Tijorat qilinadigan mollardan zakot vojib bo’ladi. Bu to’g’rida sahobalar o’rtasida ixtilof yo’q. Sumara ibn Jundub aytdiki: «Amma ba’d, Rosululloh A sotish uchun tayyorlangan narsadan sadaqa berishni bizga buyurar edilar». Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qilgan. Abu Zar Nabiy Adan «Baz (gazlama)da sadaqa bor», deb rivoyat qiladi. Bu hadisni Doruqutniy va Bayhaqiy rivoyat qilgan. «Baz»ning ma’nosi tijorat qilinadigan mato va kiyimlardir. Abu Abid Abu Amra ibn Hammosdan, u esa o’zining otasidan rivoyat qiladi: Umar ibn Xattob oldimdan o’tib ketayotib: Ey Hammos molingni zakotini ado etgin, dedilar. Men esa menda mol yo’q, faqatgina teri va o’qdon bor, dedim. Umar – uning qiymatini chiqarib, so’ng zakotini ado et, dedilar. Abdurrahmon ibn Abdulqoriydan rivoyat qilinadi: Men Umar ibn Xattob zamonida baytulmolda omil edim. Umar baytulmoldan hadya tarqatgani chiqqan paytda tojirlarning mollarini jamlardi, so’ng ularning shu erdagi va boshqa joydagi mollarini hisoblardi va boshqa joydagi molning zakotini ham shu erdagi moldan olar edilar. Bu hadisni Abu Abid rivoyat qilgan. Ibn Umar Gdan ham rivoyat qilinadi, u kishi aytganlarki: Tijorat iroda qilingan nafis mato va bazda (gazlamada) zakot bor.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

6 muharram 1436h

30 oktyabr 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.