Ukraina inqirozi qurbonlari soni oshib bormoqda

442
0

Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Birlashgan millatlar tashkiloti 31 oktyabr kuni e’lon qilgan hisobotga ko’ra, Ukraina sharqida davom etayotgan qurolli to’qnashuvlar natijasida 29 oktyabr kunigacha 4035 kishi qurbon bo’lib, 9,3 ming kishi yarador bo’lgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, bu hisoblar BMT tomonidan yuritilgan monitoring va Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining Ukrainadagi manbalariga asoslangan. Jumladan, Ukraina mudofaa vazirligining xalok bo’lgan harbiylar to’g’risidagi rasmiy ma’lumotlari, aviahalokatga uchragan Malayziyaga qarashli “Boing” samolyotining 298 yo’lovchisi hamda tinch aholi va ayirmachilardan bo’lgan yo’qotishlar to’g’risidagi Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi tibbiyot xodimlari va mahalliy hukumatdan olingan ma’lumotlar kiritilgan. Ammo xalqaro tashkilotlarning hisoblashicha, qurbon bo’lgan va yaradorlarning haqiqiy soni bu ko’rsatkichga qaraganda bir necha bor ko’p.

Shuningdek hisobotda xabar qilinishicha, urishlar nitijasida 930 ming kishi o’z uylarini tashlab ketishga majbur bo’lgan. 488 ming kishi qo’shni davlatlarga qochib o’tgan bo’lsa, 442 ming kishi Ukrainani boshqa hududlariga ko’chib ketgan.

Turkiston:

Kufr olami xalqaro siyosatni boshqara boshlagan butun davrlar mobaynida, Islom yurtlarida Musulmonlar jamiyatlari ichida fitnalar uyushtirib kelishmoqda. Bu xaqidagi Musulmonlar tomonidan ko’z yoshlari bilan dod solinishlariga hech kim e’tibor bermadi. Kufr olamidagi har xil olim, mutafakkir, davlat arboblari, jurnalistlar…. birortasi jiddiy e’tibor qaratishmadi. Negaki ularning barchasini bir tomonga qarab yo’naltira oladigan kufr sistemasi mavjud bo’lib, o’zlarining umumiy manfaatlariga muvofiq strotegiyasi asosida boshqarib keladi.

Dunyodagi bir necha sun’iy toifaviy bo’linishlar mavjud ekanligi hech kimga sir bo’lmay qoldi. Faqat bunga o’rganib, taqdirga tan bera boshladik. Suriyadagi o’layotgan musulmonlar sonini birov xisoblamay qo’ydi. Afrikada esa, mustamlakachi davlatlar, atayin ebola singari xar xil yuqimlik kesalliklar tarqatib minglagan odamlarni qirib kelishmoqda. Bu ishlardan ular, faqat harbiy bazalarini ko’paytirish, shuningdek boshqa mustamlakachilardan u erdagi olmoz singari qimmatbaho toshlar konlarini himoya qilish va o’zlashtirish maqsadini ko’zlashadi. Ha faqat shu singari manfaatlari ustida minglagan quyi tabaqadagi insonlarni qirib yuborishadi! Buni deyarli hamma siyosatchi biladi. Lekin ular sistemaga qarshi borishga botina olishmaydi! Ukraina, bu Yevropaning darvozasi. Bu kufr sistemasining ichki muammosi desa ham bo’ladi. Chunki Ukrainada kufr sistemasining ichidagi katta mamlakatlar o’rtalarida jiddiy urush bormoqda. Bunday holatlarda kufrning kurash mexanizmlari ikkiga bo’linadi. U erda Rossiya bilan AQSh parast matbuot mashinalarining xaqiqiy basharalari ochildi. Davlatlarga xam bu ikki katta davlatning birini tanlashlariga to’g’ri keladi.

Хulosa qilib aytganimizda bu kufr olamining tayanchi bo’lgan mavjud dunyo sistemasining emirilishini juda tezlatib yuboradigan tarixiy xolat bo’ldi. Putin bir bayonotida Rossiyani Ayiqqa o’xshatdi va “ayiq o’z xududini ximoya qilishda xech narsaga e’tibor bermaydi” degan ma’noda gapirdi. U burchakka siqilgan kalamush singari, xar narsaga tayor ekanligini, xatto xalqaro sistemani buzib yuborishi xam mumkin ekanligiga dalolat qildi. Putin Rossiya parchalanib yuborilish arafasida turganini yaxshi biladi. Ukraina va Qrim, Rossiyaning parchalab, uni G’arb mustamlakasiga aylantirish darvozasi bo’lib qoldi. Rossiya xavfli raqib bo’lib bormoqda. Chunki u dunyoda siyosiy, saqofiy va iqtisodiy krizisga uchradi. Faqat harbiy quvvati qoldi. E’tibor berayotgan bo’lsangiz Putinning rejimi Rus xalqini xuddi ulug’ vatan urushiga tayorlayotgandek bir tomonlama agitatsiya olib bormoqda. Demak urush yanada kuchayadi. U ochiq tus olishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.