Hukumat yurtni yana elektr energiya krizisiga olib kirmoqda. Shuning uchun ham Dilyor Jumaboevni odamlardan chetlatdi

674
0

01-11Hukumat yurtni yana elektr energiya krizisiga olib kirmoqda. Shuning uchun ham Dilyor Jumaboevni odamlardan chetlatdi

Dilyor Jumaboev Askar Akaev hamda Kurmanbek Bakiev davrining so’nggi yillarida yurtda sun’iy paydo qilingan energetika krizisiga qarshi haqiqiy siyosiy kurash olib borgan birdan bir siyosatchi edi. Bakiev guruhi ham, Atambaev guruhi ham – yurtni energetika krizisidan xalos qilish, Kumtorni natsionalizatsiya qilish va oltinlarni Kanada (Kanadaning oltin qazib oluvchi shirkati) tashib ketishiga yo’l qo’ymaslik kabi va’dalar orqali hokimiyatga kelgan edi. Hatto ular Novqat hodisasi bo’yicha musulmonlarning qamoqqa olinishini qoralab, «la ilaha illalloh, deb aytgani uchun odamlarni qamoqqa olish aqlga sig’adimi», deya ajablanishlarini izhor qilishgan edi. Ular o’zlarini musulmonlar homiysi qilib ham ko’rsatishgan. Biroq xalq talablarini ro’yobga chiqarishda ulardan birortasi ham Dilyor erishgan narsaga erisholmadi. Aksincha, ular uni qamoqda ushlab turishda va mustabidlik qilishda bir-biridan o’zishdi…

Dilyorni bir necha bor qamoqqa olishdi, zaharlab o’ldirishga urinishdi, oilasini bir necha yil elektrsiz qoldirishdi. Hukumat tarafidan unga o’tkazilgan barcha tazyiqlarga va quvg’inlarga qaramay, odamlarga adolat qilinishini talab qilishdan uni burisholmadi. Nihoyat, unga million so’m pora taklif qilishdi, bu ham ish bermagach, uning talablarini bajarishga majbur bo’lishdi.

2014 yil boshidan Qirg’izistonda yana kutilayotgan energetik bo’hron belgilari ko’rina boshladi. 13 sentyabrda Dilyorning uyiga niqob kiygan va tish-tirnog’igacha qurollangan xavfsizlik kuchlari bostirib kirdi. Go’yo ular xavfli jinoyatchini qo’lga olishga kelgandek edi!! Ular unga zo’ravonlarcha hujum qilib, qamoqqa olishdi. Biz bu haqda oldingi bayonotda batafsil bayon qilgan edik.

258E17FA-01F5-4EDE-B6E5-82BF5051076E_w640_r1_sAftidan, Dilyor Jumaboevning qamoqqa olinishi davlat siyosati bilan bog’liq ko’rinadi. Chunki Qirg’iziston hukumati o’zining g’o’r siyosati bilan hali qish kelmasdan turib, yurtni bo’hronga kiritdi. Rossiya bilan elektr energiyasi va gaz bilan bog’liq bitimlar imzolab, yurtni g’oyat qiyin ahvolga solib qo’ydi. Bu ham etmagandek, Xitoy va Afg’oniston kabi bir necha davlatlarga elektr eksport qilish xususida shartnomalar imzoladi… Bu rejim ajnabiy davlatlar va ularning xalqini elektr bilan ta’minlab, o’z xalqini kuch ishlatish orqali tinchitishga urinmoqda!

Ma’lumki, Dilyor Hizb ut-Tahrir a’zosi sifatida, bu kabi hodisalarni, adolatsizliklarni indamay kuzatib turmaydi, shuning uchun ham uni xalqdan izolyatsiya qilishdi.

Ey birodarlar!

Biz sizga morojaat qilib, har bir musulmon o’z yurtida turib, Qirg’iziston hukumatiga bosim o’tkazishini iltimos qilamiz.

Butun kufr dunyosi Islomga qarshi birlashmoqda. Musulmonlar boshiga tushayotgan zulm, adolatsizlik va repressiyalarga qarshi hech bir xalqaro hay’at harakatga kelmadi. Ular hargiz harakatga kelmaydi ham. Chunki ularning yurtlarimizda besoqolbozlikni himoya qilishdan o’zga tashvishlari yo’q. Repressiya qilinayotgan musulmonlarni hatto advokatlar ham himoya qilishdan qo’rqadi. Shuning uchun biz sizga murojaat qilmoqdamiz, chunki sizu biz mo’min sifatida bir tanu bir jonmiz. Shundan kelib chiqib, har biringiz imkoningiz boricha yurtingizdagi Qirg’iziston elchixonalariga, inson huquqlari tashkilotlariga, xalqaro donor tashkilotlarga bosim o’tkazishingiz lozim. Chunki Qirg’iziston hukumati boshqa davlatlarning ko’z yumib turishidan foydalanib hamda donor davlatlardan olgan mablag’larni qaerga sarflagani to’g’risida hisobot berish uchun Islom va musulmonlarga qarshi turli xatti-harakatlar qilmoqda. Rosululloh A bunday marhamat qilganlar:

«مَثَلُ الْمُؤْمِنِينَ فِي تَوَادِّهِمْ وَتَرَاحُمِهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ مَثَلُ الْجَسَدِ؛ إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ الْجَسَدِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى»

«Musulmonlar o’zaro mehr-muhabbat, rahmdillik va g’amxo’rlikda bamisoli bitta tanadirlar, qachon shu tananing bir a’zosi kasallikka chalinsa, qolgan barcha a’zolari ham shu a’zo uchun isitma va bedorlikka chalinadi» (Imom Muslim rivoyati).

Dilyor va Hizbning boshqa bir qancha yigitlari va ayollarining hech qanday asossiz qamalishi Rossiya, Xitoy singari yirik davlatlarning bosimi bilan bo’lmoqda, Yevropa esa bu kabi loyihalarni moddiy qo’llash orqali o’z moyilligini ifoda qilib kelmoqda.

Ular Hizb ut-Tahrirni Qirg’izistondagi Ummatdan uzib qo’yishmoqchi, shu orqali xuddi O’zbekiton kabi, Ummatni zulm va repressiyaga qarshi kurashuvchanlikdan mahrum qilishmoqchi.

Hizb rasmiy doiralar uchun bamisoli tomoqqa tiqilgan suyakdir. U Qirg’iz rejimi oldida odamlarning haqlarini o’zlashtirishlari va yurt boyliklarini talon-taroj qilishlariga yo’l qo’ymaydigan to’siq bo’lib turadi. Bugun ushbu Hizb sharofati bilan rejim ham, boshqa yirik davlatlar ham yurtni bemalol talay olisholmay qoldi. Shu bois ular yurtdagi musulmonlarning rejim tomonidan repressiya qilinishidan va qiynoqqa solinishidan ko’z yummoqda.

Ey Qirg’iziston xalqi!

Doim esingizda bo’lsinki, bu hukumat boshingizga tushgan barcha mashaqqat va bo’hronlarga nisbatan o’zini bilmaslikka olib keldi, hatto sizning zararingizga o’z foydasi uchun qayg’urdi. Eslang, ular sizga elektr to’lovi uchun biroz muhlat berishga ham rozi bo’lishmadi. Bugun bo’lsa, mavjud holatdan shikoyat qilib, bizdan ular tomonga o’tishimizni, ularning holatini to’g’ri tushunishimizni so’rashyapti! Ularning e’tiborsizligi, iqtisodga panja orasidan qarashi hamda butun hukumatning isrofgarchilik, korruptsiya, o’z vazifasidan voz kechish kabi illatlar botqog’iga g’arq bo’lgani oqibatida siz shu ahvolga tushgan bo’lsangizu, endi, ularning narx-navoni ko’tarib olishiga imkon berishimizni hamda qishni gaz va elektrsiz o’tkazib, bunga hech qanday shikoyat qilmasligingizni so’rashmoqda.

Dilyor Jumaboev kabi himoyachilarimiz esa qamoqqa olinmoqda yo surgun qilinmoqda! Shu tarzda rasmiy hukumat o’z jinoyati va kirdikorlarini har qanday to’siqlarsiz bemalol amalga oshirish uchun imkoniyat va sharoit yaratib olmoqda… Shuning uchun oddiy insonlar haq-huquqini tinmay himoya qilib kelgan Dilyorga yordam berish har bir musulmonning vazifasidir.

«Agar sizdan din yo’lida nusrat-yordam so’rasalar, ularga nusrat berish zimmangizdadir» [Anfol 72]

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.