Rossiya Qirg’izistonga har tomonlama yordam berishga va’da qildi

472
0

watermark Rossiya Qirg’izistonni Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi davrida har tomonlama ko’mak ko’rsatishni va’da qildi. Bu haqida Qirg’izistonga rasmiy safar bilan tashrif buyurgan Rossiya Dumasi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matvienko prezident Almazbek Atambaev bilan uchrashuvi davomida ma’lum qildi.

 “Bosh vazir va Qirg’iziston prezidenti bilan qirg’iz-rus hamkorligi bo’yicha aniq muzokaralar bo’lib o’tdi. Biz Qirg’izistonni Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy xamkorlik ittifoqiga qo’shilishda niyati qat’iy ekanligiga ishonch xosil qildik. Qirg’iziston yil oxiriga qadar “yo’l xaritasi”ni qabul qilishni tezlatishga va 2915 yilning 1 yanvaridan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini to’laqonli a’zosi bo’lishga intilmoqda. Biz bu qarorni qo’llab-quvvatlaymiz va har tomonlama ko’mak ko’rsatamiz”, – dedi Matvienko.

 Ukraina masalasida G’arb davlatlari bilan munosabatlari sovuqlashib, iqtisodiy cheklovlar iskanjasida qolgan Rossiya endilikda asosiy e’tiborini Markaziy Osiyoga qaratmoqda va bu mintaqada joylashgan davlatlarni qanday qilib bo’lsa ham o’z ta’sir doirasida ushlab qolishga harakat qilib, hatto yirik miqdorda yordam ko’rsatishni ham va’da qilmoqda.

 Valentina Matvienkoning ta’kidlashicha, “Rossiya doimo o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni aniq bajarib kelmoqda. Biz Qirg’iziston-Rossiya taraqqiyot jamg’armasini tashkil etishga 60 million dollar o’tkazib berdik, yil oxiriga qadar yana 30 million dollar ajratamiz. Bundan tashqari Qirg’izistonni Bojxona ittifoqiga qo’shilishdagi yo’l xaritasini amalga oshirish uchun 200 million dollar ajratiladi. Bugun Qirg’iziston iqtisodining tegishli tarmoqlariga ko’mak ko’rsatishga sarflanadigan, ustav jamg’armasi 500 millon dollar bo’lgan Qirg’iziston-Rossiya taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida hukumatlararo kelishuv imzolanishga tayyorlanmoqda”.

 Turkiston:

 Qirg’izistonga Rossiya bilan bir safda boraverish strotegiyasi nima berishi mumkin? Rossiya iqtisodiy va siyosiy inqiroz tomon yuz tutib, xalqaro siyosatdagi mavqe’ini tez su’rat bilan yo’qotib bormoqda. Bu esa, Qirg’izistonga ta’sir ko’rsatmay qo’ymaydi. Xozirda Qirg’iziston xali Xitoy va boshqa chet davlatlari bilan iqtisodiy va boshqa soxalarda xamkorlik qilib turib, Rossiyaning moliyaviy muammolari ta’sirida dollorga nisbatan barqarorligini yo’qotib, iqtisodida sezilarli zararlar ko’ra boshladi. Rossiya esa, dunyo giopalitikasidagi o’z pozitsiyalaridan chekinishda davom etib bormoqda. Ukrainadan keyingi navbat O’rta Osiyoga kelishi mumkin. Chunki Rossiyaning deyarli boshqa ta’sir quvvati kuchli region qolgani yo’q.

 Qirg’izistonning manfaatlarichi? Rossiya, G’arb bilan olib borayotgan sovuq munosabatlarida boshi berk ko’chaga kirib bormoqda. Aks xolda u Qirg’izistonga bunchalar e’tibor bilan qattiq yopishmagan, unga xar qanday bosimlar berish bilan kifoyalangan bo’lar edi. Rossiyaning oldida faqat ikki yo’l qoldi, u tiz cho’kib AQShning ko’ppagiga aylanadi yoki ulardan avval xarbiy urush ochib yuboradi. Xar ikki xolatida xam, AQSh uni parchalab yubormaguncha tinchimaydi. Qirg’iziston nima qiladi. Rossiya undan kim tomonda turishingni oydin izxor qil va xar qanaqangi xolatlarda xam uning yonida bo’lib, o’zgarmaydigan jiddiy pozitsiyani ushlashini talab qiladi. Bu urushda Qirg’izistonning o’rni qaerda bo’lishi kutilmoqda? Albatta genirallar tribunasida emas. “Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko’r” deyilganidek, Qirg’iziston bu urushga aralashib qolmaslik yo’llarini topish fikriy etakchiligi asosida fikrlashi lozim. U katta davlatlar bir biri bilan jang olib borishganida, eng ko’p talofot ko’radigan peshka singari birortasining qo’l ostida qolib ketmasligi lozim. Vetnam, Afg’oniston Ukraina……davlatlari singari. Bu uning urushi emas! Bu Qirg’iziston xalqining tub manfaatlariga o’ta katta ziyon olib kelishi mumkin bo’lgan xatarli pozitsiya!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.