Erdogan Afg’onistondan qaytib Obama bilan gaplashdi

384
0

nhg Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan Afg’onistonga qilgan safarini tamomlab Istambulga qaytgandan so’ng AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbat o’tkazdi. Suhbat chog’ida ikki rahbar IShID va Suriyadagi jihodiy guruhlarga qarshi birgalikda kurash olib borishni kuchaytirish uchun yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirish mavzusida kelishib olishdi.

 Turkiya prezidenti idorasi tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, prezidentlar IShIDning tobora ilgarilab borishini to’xtatishga qaratilgan chora tadbirlarni qo’llash haqida va Suriya masalasi, jumladan Kobani masalasi ustida suhbat olib borishgan.

 “Telefon orqali olib borilgan suhbatda IShIDni zayiflashtirishga qaratilgan barcha chora tadbirlarni ko’rish va Suriyada kechayotgan hodisalar, Ayniqsa Kobani masalasi muhokama qilindi. 180 mingga yaqin Kobanidan kelgan qochqinlar va 1,5 milliondan ortiq suriyalik qochqinlarni qabul qilgan Turkiyaning ko’rsatgan insoniy yordamlari ham tilga olindi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan va AQSh prezidenti Barak Obama IShID hamda Suriyadagi jihodiy guruhlarga qarshi kurashni kuchaytirish uchun yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirish mavzusida ham fikr ekanliklarini bildirishdi. Ikki rahbar Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni kuchaytirish borasida kuch sarflash mavzusida o’zaro hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini urg’ulashdi”, deyiladi prezidentlik idorasi tarafidan berilgan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.