Qizamiqqa qarshi emlash orqali Shom qo’zg’oloni bolalariga qarshi sodir etilgan manfur jinoyatdan kim javobgar?!

0
496

Qizamiqqa qarshi emlash orqali Shom qo’zg’oloni bolalariga qarshi sodir etilgan manfur jinoyatdan kim javobgar?!

2014 yil 16 sentyabrda Suriyaning Idlib rayonida manfur jinoyat sodir etilib, uning qurbonlari 45 nafardan ziyod bola bo’ldi. Bunga qizamiqqa qarshi, deya taxmin qilingan, ammo o’sha bolalar hayoti uchun zahri qotil bo’lgan emlash sabab bo’ldi… Bu Shom dindoshlarimiz har kuni boshdan kechirayotgan qator jinoyatlarga qo’shimcha navbatdagi jinoyatdir. Go’yo Shom ahlimiz tortgan shuncha musibatlar kamlik qilgandek! Bunday qilmish Suriyada insonlarni, xususan, bolalarni mensimaslik va ularni inson deb e’tibor qilmaslik, albatta! Kim bunday manfur jinoyatga javob beradi, kimdan bu to’g’rida hisob talab qilish mumkin?

Buning javobgarlari Suriya xalqining do’stlarimiz deya iddio qilayotgan kimsalardir. Ular muvaqqat hukumatdagi sog’liqni saqlash vazirligi bilan muvofiqlashgan holda u erdagi bolalarga bepul o’lim taqdim qilishmoqda. Muvaqqat hukumat esa fuqaroni boshqarishni bilmaydi. Biroq barcha musibatlarimiz sababchisi bo’lgan kapitalistik kofir G’arbdan iborat dushmanlarimiz bilan kelishib muomala qilishni, ularga qo’zg’olonni sotishni, qo’zg’olonni bo’g’izlab tashlash rejalarini amalga oshirishlariga ko’maklashishni va xolis musulmon birodarlarga qarshi til biriktirishni… esa yaxshi biladi. Kimdan hisob talab qilishga kelsak, buni – sodir bo’lgan hodisaga qattiq taassufdaman, deya quruq soxta so’zlar izhor qilib, so’ng bu sahifani yopib, navbatdagi jinoyatlar sahifasini ochaveradigan kimsalardan talab qilish mumkin!

Ey Shom zaminidagi xolis mujohid musulmonlar!

O’zlarini Suriya xalqining do’stlarimiz, deya atayotganlar o’z tashkilotlari hamda anavi muvaqqat hukumat orqali bolalarimizga bergan bu emlash vaktsinalari zahar bo’lib chiqib, bolalarimiz o’limiga olib bordi va ularning oilalariyu yaqinlari qalblariga g’am-alam yog’dirdi!! Ammo kofir G’arb va uning yugurdaklari tomonidan muborak qo’zg’olonimizni yo’q qilish va o’z istaklarini zo’rlab tiqishtirish uchun berilayotgan echimlar bundan ham xavfliroq emasmi?!! Shom frontlariga hukmronligini o’tkazayotgan, ular orasiga bo’linish va bir-biriga qarshi urishish urug’ini ekayotgan siyosiy mablag’lar bu musibatdan ham achchiqroq, o’tkirroq emasmi?!! Dunyoda yovuzlik etakchisi Amerika boshchiligida olib borilayotgan G’arb ittifoqchilarining nafaqat bolalarimizga, balki ularning ota-onalariga, butun insoniyatga, tirikligu jonzotga qarshi qiladigan urushi bundanda xavfliroq emasmi?!! G’arb bizga mana shunday musibatlar kitobini ochib, tugamas suratlariyu shakllarini varaqlab bermoqda!

Ey musulmonlar, ey Shom zaminidagi mujohidlar!

Bolalarga qarshi sodir etilgan bu jinoyat ham, boshqa har kuni boshimizga tushayotgan jinoyatlar ham, hammasi to kofir G’arb hamda uning yugurdaklari arqonini qirqib tashlab, yolg’iz Allohning arqonini mahkam ushlamagunimizcha, hargiz tugamaydi. Alloh Subhanahu va Taolo nusrat yolg’iz Jalla Jalaluhuning o’z qo’lida bo’lajagini, G’arb va uning yugurdaklari qo’lida emasligini xabar qilgan. Alloh Taolo bunday dedi:

«Alloh ushbu (nusrat)ni faqat sizga xushxabar bo’lsin, deb va qalbingiz taskin topsin uchun qildi, nusrat faqat qudrat va hikmat egasi bo’lgan Alloh huzuridan keladi» [Oli Imron 126]

Allohdan ham haq-rost so’zlovchi kim bor?!

To Allohga xolis bo’lib, O’ziga tavakkal qilib, Rosululloh A bizga bashorat qilgan Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni, adolat va g’amxo’rlik Xalifaligini qayta barpo etish uchun Alloh rozi bo’ladigan amalni qilmagunimizcha hargiz nusrat kelmaydi. Alloh Taolo bunday dedi:

«O’sha kunda mo’minlar Allohning nusratidan shodlanadilar, (Alloh) istagan kishilariga nusrat beradi va U qudratli rahmlidir» [Rum 4-5]

Professor Ahmad Abdulvahhob

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Skype: TahrirSyria Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Izohlar yo'q