Eron bilan AQSh o’rtasida o’tgan maxfiy uchrashuvlar fosh qilindi

505
0

00aaaaaaaabbasirakciiran5c3d1652Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning siyosiy maslahatchisi Hamid Abutolibiy sobiq prezident Ahmadi Najot davrida Eron bilan Amerika o’rtasida maxfiy uchrashuvlar bo’lib o’tganligini ochiqladi. Abutolibiy o’z bayonotida “Ruhoniyning saylanishidan xavotirga tushganlar u davrdagi maxfiy uchrashuvlardan xabari yo’q”, deya bildirdi.

Shuningdek prezidentning siyosiy maslahatchisi Abutolibiy o’zining “twitter” sahifasida ham bu haqida ma’lum qildi.

“Avvalgi hukumat davrida ikki davlat o’rtasidagi uchrashuvlar ikki yil mobaynida maxfiy tarzda olib borildi. Ruhoniyning uchrashuvlari shaffof (ochiq shaklda) o’tkazilgan paytda buni eshitganlar tinchsizlanib, e’tiroz bildira boshlashdi”, deya yozdi Abutolibiy.

Nyu-Yorkda tashkil qilingan BMT bosh assambleyasiga ishtirok etgan prezident Ruhoniyning uchrashuvlaridan “bezovta bo’lganlar”ga Abutolibiy shunday murojaat qildi:

“Strotegik tadqiqotlar markazida bir necha yillar yuqori darajali yig’inlarga ishtirok etdim. Bu yig’ilishlarda tashqi ishlarga aloqador uslublar borasida ikki tanlov ustida tortishuvlar bo’lib o’tardi. Birinchi tanlov qarshi kurash, ikkinchisi esa o’zaro hamkorlikdir. Eron xalqi o’tgan saylovda o’zaro hamkorlik va iqtisodiy yuksalish uchun Ruhoniyni qo’llab ovoz bergan edi”.

Abutolibiy hozirgi asr o’tgan asrdan farqli ekanligini urg’ulab, tashqi siyosatdagi o’lcham faqat manfaat ekanligini bildirdi.

“Tashqi siyosatning asosi milliy xavfsizlik va manfaatlardir. Manfaatlar yo’lida har qanday qadam tashlanishi lozim”, deya ta’kidladi siyosiy maslahatchi Abutolibiy.

Ruhoniy hukumatiga muxolif guruhlar Ruhoniyning 5+1 davlatlari bilan muzokaralarini “rejimni tahlikaga qo’yish va inqilob muvaffaqiyatlarini yo’qqa chiqarish”, deya baholab, o’z bayonotlarida xavotirlarini izhor qilishgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.