Erdogan: Havodan bombalashning o’zi etarli emas

429
0

erdogan-operasyona-askeri-ya-da-siyasi-destek-verebiliriz-61825Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan BMT bosh assambleyasi haqida Nyu-York televideniyasiga intervyu berdi. U o’z intervyusida IShIDga qarshi havo hujumlari etarli emasligini aytib o’tdi.

Islom ummatini o’rab olgan zulm barcha Islom geografiyasida namoyon bo’lmoqda. Islom ummati o’ta ayanchli ahvolga tushib qolgan. Achinarlisi shuki, imzolangan bitimlar, xiyonatlar, tilbiriktruvlar, qatliomlar va turli fojealar shaxsan ummatning boshida turgan hokimlarning qo’li bilan amalga oshirilmoqda.

Turkiya hukumati IShIDning qo’lida garovda turgan turk fuqarolarini inobatga olib, “IShIDga qarshi kurash” nomi ostida tashkil qilingan koalitsiyaga nisbatan ikkilanib turgan edi. Garovdagilar qo’yib yuborilganidan so’ng o’z pozitsiyasini o’zgartirgan hukumat mas’ullaridan o’zgacha bayonotlar yangray boshladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdogan Nyu-Yorkda tashkil qilingan BMT bosh assambleyasida jurnalistlarning savollariga javob berdi. AQSh va ba’zi davlatlarning Suriyadagi maqsadlariga aloqador savollarga Erdogan “zimmamizga nima tushsa uni bajaramiz”, deb javob berdi. Turkiyaning beradigan dastagi harbiy amaliyotni o’z ichiga olib-olmasligi haqidagi berilgan savolga “birodarlar! Bu har bir sohani o’z ichiga oladi, harbiy, siyosiy… hamma-hammasini o’z ichiga oladi”, deya ta’kidladi Erdogan.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham Turkiya va AQSh 2015 yilgacha boshchilik qiladigan “Global terrorga (Islomga) qarshi kurash forumi”ning ochilishida Erdoganning gaplarini tasdiqladi. Dastlab turk fuqarolari IShIDning qo’lida garovda bo’lganligi bois Turkiya hukumati muammoga duch kelganligiga ishora qilgan Kerri “ammo hozirda bu muammo hal bo’lganligi uchun va Turkiya o’z muvaffaqiyatini kafolatlash uchun boshqa safdoshlarimizning yonida turib bor kuchini sarflashga tayyordir”, deya ta’kidladi.

Erdogan esa “bu havodan bombalash bilan hal bo’ladigan ish emas. Bugunga qadar qilinishi kerak bo’lgan ishlar Suriyada bajarilmadi. Turkiyaning terrorga qarshi kurashda pozitsiyasi aniqdir. Har qanday hamkorlikka ham tayyordir”, dedi.

Birinchidan: Amerika Islom va musulmonlarning dushmani bo’lgan kufr davlatidir. Amerika Islom Ummatini chaqish uchun har zamon fursat poylab yotgan zaharli ilondir. Shu sababli Amerika IShIDga qarshi emas, Islom va musulmonlarga qarshi urush ochmoqda. U bilan hamkorlik qilayotganlar katta xiyonatga qo’l urgan hisoblanadi.

Ikkinchidan: bu hujumlar IShIDga yoki zolim Asad rejimiga qaratilgan amaliyot emas. Bu amaliyot Suriya xalqiga qaratilgan qatliomlarni to’xtatish uchun ham emas. Bu amaliyot Amerikaning Suriya ustida tuzgan rejasini barbod qilayotgan inqilobchilarga qarshi kurashdir. Bu amaliyot Suriyada demokratik ilmoniy hukumatni qabul qilmaganlarga qarshi amalga oshirilmoqda. Bu amaliyot mintaqaviy bir davlat tushunchasiga ega IShIDga emas, Roshid Xalifalik davlatining tiklanishiga to’sqinlik qilish uchun va Suriyadagi uyg’onishni bug’ib tashlash uchun amalga oshirilmoqda.

Uchinchidan: Suriya xalqi zulmga qarshi qo’zg’olgandan buyon Turkiyaning iflos siyosatini doimo fosh qilishga harakat qilib keldik. Turkiya bilan Suriya orasidagi chegara uzunligi 900 km bo’lishiga qaramay, Suriyaga nisbatan AQShdan mustaqil o’zining siyosatiga ega emas. Shu onda ham AQShning barcha rejalarini istisnosiz dastaklamoqda. Tezkor mexanizm, Robert Ford rejasi, to’rtlik mexanizm, Jeneva 1, Jeneva 2, mana endi IShID bahona Suriyadagi mujohidlariga qarshi harbiy amaliyot.

Butun dunyo Suriyadagi hodisalarni jonli tarzda kuzatib bormoqda. 2013 yil may oyida Suriyada Baniyas qatliomi amalga oshirildi. Qatliom yuz berishidan avval ulamolar o’sha vaqtdagi bosh vazir vazifasini o’tayotgan Erdoganga maktub yo’llagan edi. Maktubda Baniyasda buyuk qatliom amalga oshirilishi haqida yozib, Erdogandan yordam so’rashgan edi. Turkiya esa ularning bu yordam chaqiriqlarini javobsiz qoldirdi.

Endi shunday savol bermoqchiman: Erdogan Baniyas xalqining chaqirig’iga javoban nima uchun “zimmamizga nima tushsa unibajaramiz”, demadi? Nima uchun emizikni yosh bolalarni Asad shabbihalarining qatl qilishiga yo’l qo’yib berdi? Shumi siz faxrlanayotgan insoniy, vijdoniy siyosat? Suriyada qatl etilayotgan go’daklar uchun sizning vijdoningiz qiynalmayaptimi? Siz uchun AQShning manfaati go’daklarning hayotidan ham muhimmi?

Osman Yıldız

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.