AQSh Eron bilan aloqalarini mustahkamlamoqda

496
0

2014-09-20-13-19-32Eron va AQSh o’rtasida savdo-sanoat palatasi tashkil qilinishi e’lon qilindi. “Mehr” axborot agentligining xabar qilishicha, bu haqida xalqaro Eron savdo-sanoat palatasi qo’mitasining bosh kotibi Muhammad Husayn Behkish bayonot bergan.

Bayonotda aytilishicha, garchi Isroil bunga qattiq qarshilik qilgan bo’lsa ham ikki davlat orasidagi tijoriy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Eron bilan Amerika o’rtasida mushtarak savdo-sanoat palatasi tashkil qilinadi.

“O’tgan yili prezident Hasan Ruhoniy Nyu-Yorkdagi BMT yig’ilishida ishtirok etib Eronga qaytgandan so’ng Eron-AQSh o’rtasidagi mushtarak savdo-sanoat palatasining tashkil qilinishiga qat’iy qaror berildi va o’z faoliyatini boshladi. Bu faoliyat asnosida AQSh hay’ati qulayliklar bilan ta’minlar ekan, Isroil yo’limizni to’sishga harakat qildi. Ammo Eron hay’atining qattiq say-harakati tufayli savdo-sanoat palatasi tashkil qilish kelishuviga erishildi”, deyiladi Husayn Behkish bergan bayonotda.

Eron bojxonasi chiqargan hisobotda aytilishicha oxirgi besh oylik ma’lumotga ko’ra, AQShga qilingan eksport hajmi 207 ming dollarni tashkl qilgan bo’lsa, import hajmi 50 million 500 ming dollarni tashkil qilgan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.