Gollivud yulduzlari: Isroilni qo’llaymiz

356
0

iste_israile_destek_veren_unlu_antorler_1408876929_1648Gollivudning ba’zi mashhur kino yulduzlari G’azoda musulmon aholini vahshiylarcha qirg’in qilgan Isroilni dastaklashini bildirdi.

G’azo ahlini qatliom qilgan Isroilga beriladigan aktyorlarning yordami haqida “Billboard”, “Variety”, “Hollywood Reporter” kabi matbuot vositalari va bir qancha turli gazetalarda e’lon qilindi. Xabarlarda keltirilishicha, Arnold Shvartsenegger, Silvestr Stallone, Rogen, Kelsi Gremmer, Joel, Bendji Medden kabi mashhur yulduzlar, shuningdek rejisser Ivan Reytman, yozuvchi Aarona, prodyuser Maykl Rotenberg va Avi Lerner, bastakor Maykl Nayman, qobiliyatli menedjer Denni Sussman va murabbiy Xaim Saban kabi ko’zga ko’ringan shaxslar aynan G’azoni qirg’in qilishda Isroilni dastaklash uchun chiqarilgan bayonotga imzo chekishdi.

Ular tomonidan chiqarilgan va Isroilni dastaklashlari bildirilgan bayonotda insof yuzasidan shifoxonalar va maktablarni bombalashga izn bermasligi aytiladi. Ammo G’azoda qirg’in qilingan begunoh minglagan musulmonlar, jumladan yosh bolalar va ayollarni vahshiylarcha qatl etilganligidan ko’z yumiladi. Ya’ni ularning nazarida agar bolalar maktabda bo’lsa ularni o’ldirish mumkin emas, ammo ular uyiga qaytgach barcha oila a’zolari bilan er bilan yakson qilish lozim. Bu bilan dunyoga tanilgan mashhur yulduzlar minglagan musulmon aholini qirg’in qilish uchun Isroilni dastaklayotganliklarini yana bir bor ifodalashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.