Erdug’on Kerri bilan ham uchrashdi

379
0

2014-09-13-12-25-37AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygelning ziyoratidan to’rt kun o’tib AQSh davlat kotibi Jon Kerri Turkiya poytaxti Anqaraga keldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on Kerrini ham Chankaya saroyida qabul qildi. Ikki yarim soat davom etgan uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Javusho’g’li, tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Feridin Siniro’g’li, Turkiyaning AQShdagi elchisi Sardor Qilich va Prezident bosh kotibining yordamchisi Ibrohim Qalin ishtirok etdi.

Prezident Erdugon AQSh davlat kotibini “Welcome” (xush kelibsiz), deya kutib oldi. Kerri ham o’z navbatida “Sizni ko’rish naqadar go’zal”, deya javob qaytardi. AQShning Turkiyadagi sobiq elchisi, hozirda maslahatchi vazifasi yuklatilgan Ross Uilson ham Erdugonga turk tilida “Hurmatli prezident, ahvolingiz yaxshimi?”, deya murojaat qildi. Erdugon ham AQShdan kelgan hay’atga “Bu erda sizlarning ko’nglingizni olishdan g’oyatda mamnun ekanligimni alohida ta’kidlab o’tishni xohlayman”, deya iltifot bildirdi.

Uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Javusho’g’lining oldidagi qizil hujjatlar to’plami e’tiborni tortdi. Bundan so’ngra Jon Kerri bosh vazirlik binosida Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li bilan ham uchrashdi va uchrashuv 15 daqiqa davom etdi.

Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko’ra, uchrashuv chog’ida mintaqadagi barcha “terrorchi” (jihodiy) guruhlarga qarshi – bugunga qadar davom etib kelgani kabi – bugundan keyin ham Amerika bilan Turkiya hamkorlikda kurash olib borishga kelishib olgan. Turkiya va AQSh bu maydonda razvedka almashish, Suriya milliy muxolifatiga logikalik (ya’ni avtoulov va yoqilg’i) jihatdan dastaklash va insoniy yordamlarni davom ettirish mavzusi yana bir bor muhokama etilganligi bildirildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.